| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi91 marta oʻqildi

YeTTB koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini pasaytirish borasida Oʻzbekistonga moliyaviy koʻmak koʻrsatadi

YeTTB tomonidan shakllantirilgan Birdamlik paketi (Paketning umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollari miqdorida) hisobidan Oʻzbekistonning 4 ta tijorat banklariga umumiy qiymati 220 million AQSh dollariga teng kredit va savdoni moliyalashtirish liniyalari taqdim etilishi maʼlum qilindi.

YeTTB koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini pasaytirish borasida Oʻzbekistonga moliyaviy koʻmak koʻrsatadi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti S.Chakrabarti bilan koronavirus pandemiyasining Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga taʼsirini yumshatish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlarni videokonferensiya shaklida muhokama qildi.

S.Chakrabarti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida aholini pandemiyadan himoya qilish va uning iqtisodiyotga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirilganini eʼtirof etdi.

Muloqotda bank prezidenti virus tarqalishiga qarshi kurash, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi. YeTTB tomonidan moliyalashtirish mobilizatsiya qilish yoʻli orqali amalga oshirilishini maʼlum qildi.

Konferensiyada S.Chakrabarti Oʻzbekiston soʻroviga javoban, koʻmaklashishning birinchi bosqichida YeTTB tomonidan shakllantirilgan Birdamlik paketi (Paketning umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollari miqdorida) hisobidan Oʻzbekistonning 4 ta tijorat banklariga umumiy qiymati 220 million AQSh dollariga teng kredit va savdoni moliyalashtirish liniyalari taqdim etilishini maʼlum qildi. Ushbu mablagʻlar kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Shu bilan birga, muloqotda karantin sharoitida aholi va korxonalarning kommunal toʻlovlarni toʻlash qobiliyati va imkoniyati pasaygani oqibatida moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan hududiy kommunal korxonalarning aylanma kapitalini qoʻllab-quvvatlash maqsadida YeTTB mablagʻlarini jalb qilish masalasi ham koʻrib chiqildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ