| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi72 marta oʻqildi

Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga virus tarqalishi bilan bogʻliq tibbiy ehtiyojlar uchun 200 ming dollarlik grant ajratadi

Moliyaviy institut rahbari M.Asakava ushbu masalani hal qilish uchun alohida guruh tuzilgani, bu boradagi murojaatni maʼqullash va moliyaviy yordam mablagʻlarini ajratish jarayonini tezlashtirishda zarur barcha saʼy-harakatlar amalga oshirilishni maʼlum qildi.

Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga virus tarqalishi bilan bogʻliq tibbiy ehtiyojlar uchun 200 ming dollarlik grant ajratadi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti M.Asakava oʻrtasida 1 aprel kuni videokonferensiya muloqoti boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Suhbat chogʻida M.Asakava OTB mablagʻ jalb qilish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlashga koʻmaklashish orqali Oʻzbekistonni COVID-19 ga qarshi kurashishda qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Hozirgi kunda OTB Oʻzbekistonning virus tarqalishi bilan bogʻliq tibbiy ehtiyojlari uchun 200 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratishni maʼqulladi. Shuningdek, bank respublika sogʻliqni saqlash tizimini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish istiqbollarini koʻrib chiqmoqda.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda bank rahbariyati tomonidan pandemiya sharoitida Oʻzbekiston iqtisodiyotini ragʻbatlantirish uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslarni ajratish masalasi koʻrib chiqiladi.

Muloqotda, shuningdek, Oʻzbekistonga 1 milliard dollargacha byudjet mablagʻlarini ajratish masalasi muhokama qilindi.

Moliyaviy institut rahbari M.Asakava ushbu masalani hal qilish uchun alohida guruh tuzilgani, bu boradagi murojaatni maʼqullash va moliyaviy yordam mablagʻlarini ajratish jarayonini tezlashtirishda zarur barcha saʼy-harakatlar amalga oshirilishni maʼlum qildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ