Respublika maxsus komissiyasi axboroti: Toshkent shahri va viloyat markazlarida avtomobillar harakati toʻxtatiladi
30 mart soat 06:00 dan boshlab Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida avtomobillarning harkatlanishi toʻxtatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar oʻrnatilib, muayyan choralar koʻrilmoqda.
Xususan, 2020 yil 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar VILOYaTLARARO, TOShKENT VA NUKUS ShAHARLARI HAMDA VILOYaTLAR MARKAZLARIDA Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Mazkur ruxsatnomalar quyidagi faoliyatlarni amalga oshirish uchun biriktirilgan avtotransport vositalariga taqdim etiladi:
oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanadigan tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur tashkilotlarda doimiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari;
Sanitariya va gigiyena mahsulotlarini (koronavirus infeksiyasidan himoyalovchi va dezinfeksiya qiluvchi vositalar) ishlab chiqaruvchi va chakana savdo, dorixona faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari;
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari.
Bunda, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchi xodimlari markazlashgan tartibda avtobus (mikroavtobus) orqali Koraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri, Toshkent shahri va viloyat markazlariga kiritishi belgilab qoʻyilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

