| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi187 marta oʻqildi

Oʻzbekistondagi barcha kassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati toʻxtatildi

Bank binosidan tashqarida joylashgan bankning kassalari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.

Oʻzbekistondagi barcha kassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati toʻxtatildi

Oʻzbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan karantin rejimida barcha kassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyatini vaqtincha toʻxtatish qarori belgilandi.

Bu haqda Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasi Bosh direktorining Axborot siyosati masalalari boʻyicha matbuot kotibi Jamoliddin Xodjaxanov xabar bergan.

"30 martdan boshlab bank binosidan tashqarida joylashgan bankning kassalari, valyuta ayirboshlash shaxobchalari faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi. Bundan fuqarolarga kechiktirib boʻlmaydigan xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda bojxona chegara hududida joylashgan bank infratuzilmasi hamda aholiga pensiya va nafaqa tarqatish maqsadida tashkil etilgan sayyor kassalar mustasno".

Shuningdek, barcha mijozlarni banklarning masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlariga oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ