| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi99 marta oʻqildi

Oʻzbekiston birjasida ilk bor forvard savdolari yoʻlga qoʻyildi

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tarixida ilk bor mahsulotlarni bir oydan ortiq muddatda kechiktirgan holda yetkazib berish imkoniyatini beruvchi forvard savdolari oʻtkazila boshladi.

Oʻzbekiston birjasida ilk bor forvard savdolari yoʻlga qoʻyildi

2020 yil 1 aprelda oʻtkazilgan elektron birja savdolariga koʻra, shakar boʻyicha 27,5 mlrd. soʻmlik dastlabki forvard shartnomasi tuzildi. Mazkur shartnoma shartlariga muvofiq mahsulotni yetkazib berish muddati 60 kunni tashkil etadi.

Oʻzbekistonda mart oyida narxlar 1,3 foizga oshdi

Birjada forvard savdolarini tashkillashtirishdan koʻzlangan asosiy maqsad, mahalliy tadbirkorlar va fermerlarga tovarlar uchun oldindan toʻlovlarni amalga oshirish va narxlar oʻzgaruvchanligidan himoya qilish orqali qulay sharoitlarni yaratib berishdan iborat.

Xususan, ushbu mexanizm bir tomonidan kelajakda yetkaziladigan tovar uchun narxlarni oldingan belgilab olish, ikkinchi tomondan mahsulotlar uchun toʻlovlarni oldindan olish imkonini beradi. Forvard bitimlari tovar ishlab chiqaruvchilar uchun toʻgʻri prognozlash va oʻz faoliyatini yanada samarali rejalashtirish imkoniyatini taqdim etadi.

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi keyinchalik ham forvard shartnomalarini boshqa

Bojxona omborlarida 44,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayapti

tovar bozorlarida joriy etish ishlarini davom ettiradi.

Maʼlumot uchun, forvard shartnomasi – muddatli shartnoma boʻlib, unga koʻra sotilayotgan tovar uchun narx shartnoma tuzilgan kunda belgilanadi. Tovarni yetkazib berilishi esa belgilangan muddatda kelajakda amalga oshiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ