| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi82 marta oʻqildi

2 apreldan boshlab tovardan oldin u haqida maʼlumot yetib keladi

Havo va temir yoʻl transportida tashiladigan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan, yoʻlovchilar va ular yuklari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot bojxona organlarining axborot tizimiga butunjahon Internet tarmogʻi orqali yuboriladi.

2 apreldan boshlab tovardan oldin u haqida maʼlumot yetib keladi

2020 yilning 2 aprelidan tashuvchilar yoxud tovar egalari yoki tovarga nisbatan vakolatga ega shaxslar avto, havo va temir yoʻl transportida tashiladigan tovarlar hamda transport vositalari, shu jumladan, yoʻlovchilar va ular yuklari toʻgʻrisidagi axborotni elektron tarzda oldindan bojxona organlariga taqdim etishi shart boʻladi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu vaqtga qadar esa mazkur amaliyot ixtiyoriy tarzda amalga oshirib kelinardi.

Havo va temir yoʻl transportida tashiladigan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan, yoʻlovchilar va ular yuklari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot bojxona organlarining axborot tizimiga butunjahon Internet tarmogʻi orqali:

- avtomobil transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtishidan bir soat oldin;

- temir yoʻl transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasiga yetib kelishidan bir soat oldin;

- uzoq yoʻnalishni amalga oshirishda — havo transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga uchib kelishidan ikki soat oldin;

- qisqa yoʻnalishni amalga oshirishda — havo transportining uchish vaqtida yuborishi shart.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ