| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi122 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda 6,76 milliard soʻmdan ziyod soliqlarni toʻlash muddati keyinga qoldirildi

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida iqtisodiy barqarorlikni va sohalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator soliq imtiyozlari joriy etildi.

Oʻzbekistonda 6,76 milliard soʻmdan ziyod soliqlarni toʻlash muddati keyinga qoldirildi

Karantin davrida tadbirkorlik subʼyektlariga 6, 76 milliard soʻmdan ziyod soliqlarni toʻlash muddatini kechiktirishga ruxsat berildi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida iqtisodiy barqarorlikni va sohalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator soliq imtiyozlari joriy etildi.

Jumladan, koronavirus pandemiyasi sababli eʼlon qilingan karantin sababli vaqtincha moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan va soliqlarni toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga soliqlarni kechiktirish yoki boʻlib toʻlash huquqini berishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Prezidentimizning “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan uch turdagi – mol-mulk, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish boʻyicha yengilliklar berildi.

Joriy yilning 6 aprel holatiga koʻra, tadbirkorlik subʼyektlaridan kelib tushgan murojaatlar asosida umumiy hisobda 6,76 milliard soʻmlik soliqlarni toʻlash muddatini kechiktirishga ruxsat berildi.

Jumladan, ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi subʼyektlarning 3481, 6 millionlik soliq toʻlovlarini toʻlash muddatini oʻzgartirish haqida qaror qabul qilindi.

Bu sohalar kesimida eng yirik koʻrsatkichdir. Transport sohasida 604,5 million soʻm miqdoridagi, qurilish sohasida esa 568,2 million soʻmlik soliqlarni toʻlash muddatini oʻzgartirish imkoni yaratildi.

Maʼlumot uchun, shu kunlarda yana 255745 million soʻmlik soliqlarni toʻlash muddatini oʻzgartirish boʻyicha kelib tushgan murojaatlar oʻrganilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ