Oʻzbekistonga xorijdan soʻngi olti yil davomida qancha pul oʻtkazilgan?
2014-2019 yillarda chet eldan Oʻzbekistonga yuborilgan pul oʻtkazmalari dinamikasi davlatlar kesimida olib qaralganda bir necha mamlakatlar boʻyicha qiziqarli tendensiyalarni kuzatish mumkin. Soʻnggi 6 yilda Shvetsiyadan Oʻzbekistonga 6,9 mln. dollardan 34,8 mln dollargacha pul oʻtkazmalari yuborilgan.

Oʻzbekiston Markaziy bankining yaqinda eʼlon qilgan maʼlumotlariga koʻra, 2019 yilda chet eldan jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga yuborilgan pul oʻtkazmalari miqdori 6 mlrd. dollarni tashkil qilgan va 2018 yilga nisbatan 17.5 foizga oshgan.

Avvalgi yillari bu koʻrsatkich 4.5 foizga (2018 yilda) va 29.4 foizga (2017 yilda) oʻsgan edi. Ushbu maʼlumotlar Markaziy bankning 27 mart kuni eʼlon qilgan “Oʻzbekiston Respublikasining toʻlov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi” hisobotida keltirilgan. Bu mablagʻlarning aksariyat qismini oʻzbekistonlik mehnat muhojirlarining oʻz oilalariga yuborgan pul oʻtkazmalari va aholining chet elda istiqomat qiladigan qarindoshlari amalga oshirgan oʻtkazmalar tashkil qiladi. Albatta, amaliyotda bunday pul oʻtkazmalar tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblar maqsadida ham amalga oshiriladi. Masalan, nisbatan kichik hajmdagi tovar va xizmatlar eksportida. Ammo, mazkur pul oʻtkazmalarining umumiy hajmida ushbu eksport operatsiyalaridagi hisob-kitoblar nisbatan kam qismini tashkil qiladi.
Uzanalytics.com sayti quyida ushbu pul oʻtkazmalarining 2014-2019 yillardagi dinamikasi, bunda kuzatilgan tendensiyalar va bu transfertlarning aholi daromadlari tarkibidagi ulushi haqida qisqacha tahlil qildi.

Jismoniy shaxslarning chet eldan Oʻzbekistonga yuborgan pul oʻtkazmalari miqdori Oʻzbekistondan xorijga joʻnatilgan pul oʻtkazmalari miqdoridan ancha yuqori. Bu degani, respublika ushbu shaxsiy transfertlar boʻyicha katta ijobiy saldoga ega. Oxirgi 6 yillik dinamika shundan dalolat beradiki, bu transfertlarning “kirim” va “chiqim” koʻrsatkichlarida bir-biridan farqli tendensiyalar kuzatilgan. “Oʻzbekistonga yuborilgan oʻtkazmalar” koʻrsatkichida ijobiy oʻzgarish, yaʼni oʻsish tendensiyasi 2017 yildan boshlab kuzatilgan boʻlsa, “Oʻzbekistondan joʻnatilgan pul oʻtkazmalari” bunday oʻzgarish bir yil keyin – 2018 yildan boshlangan. Bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi farq – ushbu pul oʻtkazmalarining “netto miqdori”da oʻsish tendensiyasi esa 2016 yildan boshlab kuzatilgan. 2019 yilga kelib shaxsiy transfertlarning ijobiy saldosi 2014 yilgi koʻrsatkichga juda yaqin miqdorda. Bunday hol ushbu transfertlarning “kirim” va “chiqim” koʻrsatkichlarida ham kuzatilgan.

Oʻzbekistonda mart oyida narxlar 1,3 foizga oshdi
Mazkur davr mobaynida jismoniy shaxslarning Oʻzbekistonga yuborgan pul oʻtkazmalarining davlatlar kesimidagi tarkibiy oʻzgarishlari eʼtiborga loyiqdir. 2014 yilda respublikaga chet eldan yuborilgan poʻl oʻtkazmalari tarkibida Rossiya va Qozogʻistondan tashqari boshqa davlatlardan amalga oshirilgan tranfertlar ulushi atigi 7 foizni tashkil qilgan boʻlsa, 2019 yilga kelib bu koʻrsatkich 17 foizgacha oshgan. Bunday tarkibiy oʻzgarishlar sezilarli darajada 2015 yildan boshlangan. Bundan 6 yil oldin “kirim” transfertlarining 93 foizi faqat 2 ta mamlakatdan (Rossiya va Qozogʻiston) amalga oshirilgan boʻlsa, 2019 yilga kelib Oʻzbekistonga yuborilgan pul oʻtkazmalarining xuddi shu 93 foizi 5 davlatdan yuborilgan (Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya, AQSh va Janubiy Koreya).

2014-2019 yillarda chet eldan Oʻzbekistonga yuborilgan pul oʻtkazmalari dinamikasi davlatlar kesimida olib qaralganda bir necha mamlakatlar boʻyicha qiziqarli tendensiyalarni kuzatish mumkin. 2019 yilda respublikaga yuborilgan pul oʻtkazmalari umumiy miqdorida ulushi 1 foizdan ortiq boʻlgan mamlakatlarga eʼtibor qaratsak, oxirgi 6 yilda AQSh, Turkiya, Koreya va Isroildan amalga oshirilgan transfertlar miqdori yuqori surʼatlarda oʻsgan. Jumladan, ushbu davr mobaynida pul oʻtkazmalari hajmi AQShdan 2,3 barobarga, Turkiyadan 4,5 barobarga, Koreyadan qariyb 3 barobarga, Isroildan esa deyarli 6 barobarga oshgan. Shuningdek, Shvetsiyadan yuborilgan pul oʻtkazmalari hajmi nisbatan kam boʻlsada, barqaror oʻsish tendensiyasiga ega. Soʻnggi 6 yilda ushbu mamlakatdan Oʻzbekistonga amalga oshirilgan shaxsiy transfertlar miqdori 6,9 mln. dollardan (2014 yilda) 34,8 mln dollargacha (2019 yilda) oshgan, yaʼni 5 barobarga.

Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2019 yilda respublika tashqarisidan kelib tushgan pul oʻtkazmalarining aholini umumiy daromadlari tarkibidagi ulushi 15,4 foizni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, 2018 yilda bu koʻrsatkich 14,4 foiz boʻlgan, yaʼni 1 foizga oʻsgan. Respublika hududlari boʻyicha aholi daromadlari tarkibida pul oʻtkazmalarining ulushi quyidagicha:

Hozirgi vaziyatda, yaʼni koronavirusning dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida yuqori surʼatlarda
COVID-19 pandemiyasining global iqtisodiyotga taʼsiri: soʻrovnoma natijalari
tarqalishi, uning jahon iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri va natijada kutilayotgan global retsessiya kabi asosiy omillarning yuqorida koʻrsatilgan tendensiyalarga salbiy taʼsir koʻrsatishi aniq. Ushbu omillarning xorijdan Oʻzbekistonga yuboriladigan pul oʻtkazmalari miqdoriga koʻrsatadigan taʼsiri jahon hamjamiyatini koronavirus pandemiyasini qisqa vaqt ichida “jilovlash” qobiliyati va global iqtisodiyotda kutilayotgan retsessiyaning davomiyligiga bevosita bogʻliqdir.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

