Kredit taʼtillari boʻyicha bilishingiz lozim boʻlgan qoidalar
Karantin tugaganidan soʻng qiynalib qolmasligingiz uchun, kredit taʼtillari boʻyicha ayrim qoidalarni bilib olishingiz lozim. Qaysidir bank kredit uchun berilgan imtiyozli davr evaziga kredit muddatini choʻzmasdan, imtiyozli davrda toʻlanishi lozim boʻlgan summani qolgan davrlar uchun teng boʻlib yubormoqda. Qaysidir bank esa maʼlum bir muddatga boʻlib yuborgan, baʼzilar kredit umumiy muddatini choʻzishgan.

Birinchi guruh banklar taqdim etayotgan kredit taʼtilidan foydalanishda mijozlarning murojaati shart emas. Faqat karantin tugaganidan keyin bankga borib shartnomalarga tegishli oʻzgartirish kiritishingiz lozim boʻladi.
Ikkinchi guruh banklarga esa elektron murojaat qilish orqali (banklarning saytlarida koʻrsatilgan) kredit kanikulini olishingiz mumkin. Bu haqda Bankir va Mijozlar telegram kanali maʼlumot bermoqda.
Kredit kanikullaridan foydalanish ixtiyoriy. Agar siz kreditlarni toʻlashda davom etishni xohlasangiz, bank qarshilik qilmaydi.
Kredit taʼtilidan foydalanishda kreditga foiz hisoblash toʻxtatilmaydi.
Imtiyozli davr ichida foizlar oʻz vaqtida toʻlanmagani uchun jarima va penyalar hisoblanmaydi.
Kredit taʼtili davrida kredit foizlarini toʻlamasangiz, taʼtil tugaganidan keyin ularni birdaniga (3 oylik foizni bitta qilib) toʻlashingizga toʻgʻri kelib qolishi mumkin.
Chunki banklar faqat asosiy qarz uchun imtiyoz berishmoqda, foizlar uchun emas.
Taʼtildan foydalanmoqchi boʻlsangiz, kredit olgan bankingizni shartlarini yaxshilab oʻqib oling. Tushunmasangiz, iqtisodchilardan soʻrab oling.
Chunki qaysidir bank kredit uchun berilgan imtiyozli davr evaziga kredit muddatini choʻzmasdan, imtiyozli davrda toʻlanishi lozim boʻlgan summani qolgan davrlar uchun teng boʻlib yubormoqda, qaysidir bank maʼlum bir muddatga boʻlib yuborgan, baʼzilar kredit umumiy muddatini choʻzishgan.
Ziyrak boʻling. Karantindan keyingi davr karantindagi davrdan qimmatroqqa aylanmasin.
ayrim banklar onlayn berilgan va overdraft kreditlar uchun, ayrimlar hatto mikroqarz uchun imtiyoz taqdim etmagan.
Ikki yoki undan koʻp banklardan kredit olganlar, barcha banklarning taʼtilidan foydalanmang. Imtiyozli davr tugaganida eng qiynaladigan siz boʻlasiz. Barcha banklarga borib hujjatlarni oʻzgartirishingiz va barcha foizlarni bir oy ichida toʻlashingizga toʻgʻri kelishi mumkin.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

