O'zbekistonning ommaviy yangiliklari: ijtimoiy dasturlar, kambag'allarga yordam, Review.uz saytida O'zbekistonda ijtimoiy hayotning so'nggi yangiliklari
629 ta material

Navroʻzda oʻtkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar bekor qilindi
Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonda Navroʻz bayramiga bagʻishlab oʻtkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar koronavirus sababli bekor qilindi. Xalq sayli va umumxalq xayriya hashari esa tegishli profilaktik tadbirlar koʻrilgan holda oʻtkaziladi.

Eronga Oʻzbekiston gumanitar yordam yuboradi
Koronavirusdan aziyat chekayotgan Eronga Oʻzbekiston insonparvarlik yordami tariqasida tibbiy buyumlar yuboradi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda “Yil odami” deb eʼtirof etildi
Ozarbayjonning “Tarixiy shaxslar” xalqaro jurnali Tahrir hayʼati aʼzolarining yakdil qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda “Yil odami” deb eʼtirof etildi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini eʼlon qildi
Butun dunyoda bir necha mamlakatlarni qamrab olgan va minglab kishilarga yuqqan ommaviy kasallik koronavirusning tarqalishi sababli JSST pandemiya eʼlon qildi.

14-15 mart kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi
14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hashari oʻtkaziladi.

Koronavirus oziq-ovqat orqali yuqishi mumkinmi?
Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi ilmiy xodimi Marta Xugasning taʼkidlashicha, koronavirus oziq-ovqat orqali yuqmaydi.

Aziza Shonazarova Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori boʻldi
Kolumbiya universitetining professori Aziza Shonazarova endi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori hamda institut kafedra mudiri etib tayinlandi.

Biometrik pasportlar ID-kartaga almashtiriladi
ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi (198 ming 470 soʻm). Oʻzbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

SSV: “COVID-19” koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanish mumkin?
Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot fanlari doktori Botir Tadjiyevning koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanish mumkinligi toʻgʻrisidagi mulohazalarini bayon qildi.

Oʻzbekiston koronavirus yetib bormagan, jozibador mamlakatlar roʻyxatiga kiritildi
Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turictik jihatdan jozibador mamlakatlar roʻyxatiga qoʻshdi.

Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bogʻliq holat haqida gapirdi
Vladimir Putin hukumat aʼzolari bilan boʻlgan yigʻilishda mamlakatdagi koronavirus bilan bogʻliq vaziyat haqida gaplashdi. Odamlar haqiqiy vaziyatni bilishlari kerak, degan RF Prezidenti.

Oʻzbekistonda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida karantinga olish tartiblari eʼlon qilindi
Koronavirus tarqalgan davlatlardan toʻgʻridan-toʻgʻri yoki boshqa davlatlar orqali Oʻzbekistonga kirib kelayotganlarning barchasi, fuqaroligidan qatʼi nazar, majburiy karantinga olinadi. Karantindagi shaxslar tomonidan intizomni buzish holatlari kuzatilsa, qonuniy javobgarlikka tortish belgilangan.

Oʻzbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini yubordi
Oʻzbekiston Xitoyga ikkinchi partiya insonparvarlik yordamini yubordi. Mudofaa vazirligining CASA C-295 rusumli harbiy samolyoti Toshkentdan Urumchiga joʻnab ketdi.

Toshkentda zamonaviy muz saroyi quriladi
“Toshkent shahrida muz sporti hamda zamonaviy savdo va xizmat koʻrsatish obʼyektlari majmuasini qurish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Loyihada aytilishicha, koʻrgazmalar hamda forumlar tashkil etishga moʻljallangan zamonaviy muz saroyini tashkil qilish 2020 yil 1 sentyabrga qadar yakunlanadi.

Oʻzbekistonda "Aql markazlari" trendga aylanmoqda
"Aql markazlari" nafaqat Toshkent shahrida, balki butun respublika boʻylab oʻz faoliyatini boshlaydi. Oliy taʼlim muassasalari esa oʻz navbatida hududiy miqyosdagi mavjud muammolarga innovatsion yechim topib, hududda ilm-fan rivojlanishida lokomotiv vazifasini bajaradi.

Xorijdan Toshkentga yangi reys ochiladi
Tataristonning "Begishevo" xalqaro aeroporti va "Nordwind Airlines" aviakompaniyasi 16 martdan boshlab Toshkentga yangi reysni ochadi.

Endilikda Toshkent shahridan uy olish uchun propiska talab qilinmaydi
“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Prezidenti Farmoni imzolandi. Farmonga koʻra, 2020 yil 1 apreldan Toshkent shahridan uy olish uchun propiska soʻralmaydi.

Oʻzbekiston yana ikkita davlatga aviaqatnovlarni bekor qildi
Dunyo boʻylab keng tarqalib borayotgan Covid – 19 koronavirusi sababli Oʻzbekiston bir qancha davlatlarga aviaqatnovlarni bekor qilgan edi. 1 martdan boshlab Oʻzbekiston Janubiy Koreya, Yaponiya va Italiya davlatlaridan tashqari yana ikki davlat bilan aviaqatnovlarni vaqtinchalik bekor qildi.

Oʻzbekistonlik vakil ilk bor BMTning yoshlar sessiyasiga taklif etildi
AQShning Nyu York shahrida BMTning navbatdagi “Future We Want” sessiyasiga ilk marta Oʻzbekistonlik vakil taklif etildi. Ispaniyaning Barselona shahridagi “European Business School” oliygohi talabasi Qoriyev Doniyor Oʻzbekiston vakili boʻlib sessiyada ishtirok etdi.

Koronavirus sabab bozorlar kasodga uchramoqda
Euronews koronavirus epidemiyasi tufayli koʻpgina yirik kompaniyalarning zarar koʻrayotgani haqida xabar qildi. Jusladan, koʻplab aviakompaniyalar allaqachon Xitoyga parvoz qilishni toʻxtatgan.

«UzAuto Motors» ayollar uchun aksiya eʼlon qildi
Ushbu aksiyada avtomobillarining texnik holatini tekshirish istagida boʻlgan barcha ayollar ishtirok etishi mumkin. Aksiya 2 martdan boshlanadi.

Tugʻilganlik haqida elektron guvohnoma va homilador ayollarni elektron hisobga olish: bir qator davlat xizmatlarini proaktiv tarzda koʻrsatishga oʻtish (Infografika)
Farzand tugʻilganidan soʻng, Aholi reyestrida, uning hayoti davomida oʻzgarmaydigan shaxsiy identifikatsiya raqami generatsiya qilinadi va bolaga biriktiriladi.

Tokio 2020: Ilk marotaba Olimpiada oʻyinlarida sportchilarimiz oʻzbek brendi liboslarida ishtirok etishadi.
2020 yil Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi va XVI paraolimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun yaratilgan sport kiyimlari jamlanmalari tasdiqlandi.

Ipoteka kreditini olish uchun murojaat qilgan shaxslarga qanday talablar qoʻyilmoqda?
Aholiga ipoteka krediti berishning yangi tartibida ipoteka krediti oluvchilar va kreditlovchi banklarga talablar qoʻyildi. Ipoteka kreditini olmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosining banklardan olingan avvalgi qarzlari vaqtida toʻlanganligi ham ahamiyatga olinadi.

Andijon va Buxoro shaharlari 2040 yilgacha qaytadan quriladi
Loyihalari muhokamasi portaliga Andijon va Buxoro shaharlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha qaror loyihasi qoʻyildi. Ikkala shahar bosh rejasining birinchi navbati 2028 yil va yakuni 2040 yilga qadar amalga oshiriladi.
