| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi349 marta oʻqildi

Aziza Shonazarova Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori boʻldi

Kolumbiya universitetining professori Aziza Shonazarova endi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori hamda institut kafedra mudiri etib tayinlandi.

Aziza Shonazarova Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori boʻldi

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida oʻzbeklar orasida birinchi bor AQShdagi Kolumbiya universiteti professori boʻlgan yosh olima Aziza Shonazarova bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Aziza Shonazarovaga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori unvoni berildi.

Shuningdek olimaning tajribasidan foydalanish hamda talabalarda ilm-fanga ragʻbatini oshirish maqsadida Aziza Shonazarova institut kafedra mudiri etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonliklar orasida ilk bor Aziza Shanazarova Kolumbiya universitetining tenure track pozitsiyasi, yaʼni umrbod professorlik lavozimiga qabul qilingan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ