| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi60 marta oʻqildi

Oʻzbekistonlik vakil ilk bor BMTning yoshlar sessiyasiga taklif etildi

AQShning Nyu York shahrida BMTning navbatdagi “Future We Want” sessiyasiga ilk marta Oʻzbekistonlik vakil taklif etildi. Ispaniyaning Barselona shahridagi “European Business School” oliygohi talabasi Qoriyev Doniyor Oʻzbekiston vakili boʻlib sessiyada ishtirok etdi.

Oʻzbekistonlik vakil ilk bor BMTning yoshlar sessiyasiga taklif etildi

AQShning Nyu York shahrida BMTning navbatdagi “Future We Want” sessiyasi boʻlib oʻtdi. Ushbu sessiyaga butun dunyodan 250 ga yaqin iqtidorli va yetakchilik qobiliyati ega yosh ishtirokchilar taklif qilindi.

Bu yilgi yigʻilishga Oʻzbekistondan birinchi marotaba vakil taklif qilindi. Hozirgi kunda Ispaniyaning Barselona shahridagi “European Business School” oliygohi talabasi Qoriyev Doniyor Oʻzbekiston vakili boʻlib sessiyada ishtirok etdi.

Ochilish marosimi BMTning Bosh assambleya majlislar zalida boʻlib oʻtdi va unda BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish ishtirokchilarni qutladi.

Oʻzbekiston vakili Doniyor Qoriyev Bosh Assambleya minbaridan turib ochilish marosimida yigʻilganlarga nutq soʻzladi. Sessiya davomida global muammolar haqida soʻz yuritildi. Xususan, bu yilgi yigʻilish jinoyatlarni oldini olish va kiber-jinoyatlarga qarshi kurashish mavzusida boʻldi.

Yigʻilishning soʻnggi kunida Qoriyev Doniyor sessiya mavzusi yuzasidan nutq soʻzladi. Sessiya yakuni boʻyicha kelasi rejalar tuzildi va rezolyusiyalar tasdiqlandi.

Oʻzbekiston vakili Qoriyev Doniyor 2020 yil Moskva, Milan va Tokio shaharlarida boʻlib oʻtadigan BMTning navbatdagi sessiyalariga taklif qilindi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ