Andijon va Buxoro shaharlari 2040 yilgacha qaytadan quriladi
Loyihalari muhokamasi portaliga Andijon va Buxoro shaharlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha qaror loyihasi qoʻyildi. Ikkala shahar bosh rejasining birinchi navbati 2028 yil va yakuni 2040 yilga qadar amalga oshiriladi.

Andijon va Buxoro shaharlarining 2040 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejalari tasdiqlanadi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi joylashtirildi.
Andijon shahrida ikkita maʼmuriy markaz tashkil qilinadi:
Birinchi maʼmuriy markaz – shaharning bugungi kundagi Alisher Navoiy, Oʻzbekiston va Mustaqillik koʻchalari kesishmasi hisoblanib, u yerda rekonstruksiya va yangi qurilish ishlari rejalashtirilgan.
Ikkinchi maʼmuriy markaz – shaharning janubidagi Alisher Navoiy va Boburshoh koʻchalari kesishmasida joylashtiriladi.
Shu bilan birga, Oltinkoʻl va Andijon tumanlaridan Andijon shahriga qoʻshilayotgan hududlarda joylashgan mavjud mahallalarni shahar sharoitiga moslashtirish ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Buxoro shahrining bosh rejasiga muvofiq:
madaniy, maishiy va kommunal obʼyektlarni aholining ijtimoiy ehtiyojlariga hamda amaldagi meʼyorlarga javob beradigan darajaga yetkazish, yangi majmualarni qurish koʻzda tutilgan.
Magistral koʻchalarning uzunligi 102,6 km.dan 203,0 km.gacha oshirish, yiliga tashiladigan yoʻlovchilar sonini 163,8 mlnga yetkazish belgilanmoqda.
Har ikkala shahar bosh rejasining birinchi navbati 2028 yil va yakuni 2040 yilga qadar amalga oshiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

