| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi272 marta oʻqildi

Koronavirus oziq-ovqat orqali yuqishi mumkinmi?

Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi ilmiy xodimi Marta Xugasning taʼkidlashicha, koronavirus oziq-ovqat orqali yuqmaydi.

Koronavirus oziq-ovqat orqali yuqishi mumkinmi?

Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi (EFSA) bayonotiga koʻra, hozirda koronavirus COVID-19 infeksiyasi oziq-ovqat orqali insonga yuqishi isbotlanmagan.

Boshqarmaning ilmiy xodimi Marta Xugasning taʼkidlashicha, koronavirus tarqalishining avvalgi SARS-CoV (koronovirusning oʻtkir-ogʻir respirator sindromi) va MERS-CoV (koronovirusning yaqin-sharqiy respirator sindromi) tajribasi shuni koʻrsatdiki, virusning manbasi yoki yuqishi oziq-ovqat emas.

“Interfaks”ning yozishicha tez fursatda butun dunyoga tarqalib borayotgan COVID-19 virusini EFSA sinchkovlik bilan kuzatmoqda.

Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish boʻyicha Yevropa markazi (YeCDC) yangi koronavirus odamdan odamga asosan havo tomchilari orqali (aksirish, yoʻtalish yoki oddiygina nafas olish orqali) yuqadi. Biroq, markaz aynan hayvonlar Xitoyda boshlangʻich infeksiyaning manbai boʻlganini eslatgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ