Xorijdan Toshkentga yangi reys ochiladi
Tataristonning "Begishevo" xalqaro aeroporti va "Nordwind Airlines" aviakompaniyasi 16 martdan boshlab Toshkentga yangi reysni ochadi.

Parvozlar dushanba kunlari Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi. “Begishevo”dan uchib chiqish vaqti soat 11:55, Toshkentdan soat 18:10 da amalga oshiriladi. Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt koʻrsatilgan. Bu haqda Tatariston transport va yoʻllar boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Uchish umumiy vaqti 2 soat 55 daqiqa. Chiptalarning minimal narxi barcha soliq va toʻlovlarni hisobga olgan holda 7652 rublni (taxminan 114 $) tashkil etadi.
Nordwind Airlines aviakompaniyasining marshrut tarmogʻida Toshkent Moskva, Simferopol, Antaliya va Monastirdan keyin “Begishevo” aeroportidan beshinchi yoʻnalish boʻladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

