| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi889 marta oʻqildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini eʼlon qildi

Butun dunyoda bir necha mamlakatlarni qamrab olgan va minglab kishilarga yuqqan ommaviy kasallik koronavirusning tarqalishi sababli JSST pandemiya eʼlon qildi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini eʼlon qildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyoda yangi koronavirus COVID-19 pandemiyasini eʼlon qildi. Bu haqida tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus eʼlon qildi. Hozirgi kunda dunyoda kasallanganlar 114 mamlakatda 126 ming kishidan oshdi. 4638 kishi vafot etgan. Kasalxonalarda minglab odamlar oʻz hayotlari uchun kurashmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti koronavirusning oldini olish boʻyicha topshiriq berdi

“Kelgusi kunlar va haftalarda biz kasallanish va oʻlim koʻrsatkichini, shuningdek, kasallik yetib borgan mamlakatlar sonini yanada oshishini taxmin qilyapmiz.

JSST kunu tun vaziyatni baholamoqda. Bizni virusning tez tarqalishi va uning taʼsirining jiddiyligi, shuningdek, bezovtalikga sabab boʻluvchi harakatsizlik darajasi juda tashvishlantiradi. Shu munosabat bilan, biz COVID-19 - koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq hozirgi holatni - pandemiya deb atash mumkin degan xulosaga keldik", degan JSST direktori Tedros Adxan Gebreyesus.

Pandemiya - butun dunyoda bir necha mamlakatlarni qamrab olgan va minglab kishilarga yuqqan ommaviy kasallik tarqalishidir (epidemiya). Insoniyat tarixida eng soʻnggi pandemiya 1918 -1920 yillarda boʻlib oʻtgan edi. Oʻshanda dunyo boʻylab 50 million kishi qurbon boʻlgan.

SSV: “COVID-19” koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanish mumkin?

Oʻrta asrlarda Yevropada qora oʻlat (bubonnaya chuma) epidemiyasi 25-30 million kishining oʻlimiga sabab boʻlgan. Bu Yevropa aholisining deyarli yarmi boʻlgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ