| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi94 marta oʻqildi

Tokio 2020: Ilk marotaba Olimpiada oʻyinlarida sportchilarimiz oʻzbek brendi liboslarida ishtirok etishadi.

2020 yil Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi va XVI paraolimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun yaratilgan sport kiyimlari jamlanmalari tasdiqlandi.

Tokio 2020: Ilk marotaba Olimpiada oʻyinlarida sportchilarimiz oʻzbek brendi liboslarida ishtirok etishadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun sport kiyimlari jamlanmasi dizayni yaratish va uni ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha bir qator topshiriqlarni bajarish maqsadida Milliy Olimpiya Qoʻmitasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Osiyo ramzi” dizaynerlar uyushmasi vakillari va sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirokida 2019 yil mobaynida bir qator yigʻilishlar oʻtkazildi va tanlovlar tashkil etildi. Bu haqda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ochiq tarzda oʻtkazilgan tanlovlarda korxonalar va mustaqil dizaynerlar tomonidan 100 dan ortiq eskizlar taqdim etildi.

Sport ekipirovkalarini dizaynini yaratilishi jarayonida MOK vakillari va har bir sport turida qatnashadigan sportchilar fikrlari va talablari atroflicha oʻrganildi, taniqli sport brendlari mahsulotlari, milliy terma jamoalarning turli yillarda taqdim etgan liboslari koʻrib chiqildi. Qulaylik, estetik ustunlik, zamonaviy dizayn va milliylikni aks ettiruvchi sifatli mahsulotlarga eʼtibor qaratildi.

Joriy yilning 21 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati binosida mutasaddi tashkilot rahbarlari va dizaynerlar ishtirokidagi yigʻilishda tanlab olingan Sport ekipirovkalari, Olimpiada ochilish (yopilish) marosimlari uchun rasmiy liboslar, muxlislar (fan klub) uchun olimpiada va respublikamiz ramzlari tushirilgan maxsus sport kiyimlar namunalari taqdim etildi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati iqtisodiyotimizning muhim drayverlaridan biri hisoblanadi. Jahon standartlari asosida yaratilayotgan sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bugungi kunda dunyoning 50 dan ortiq davlatlariga qariyb 2 mlrd. dollarlik eksport qilinmoqda. Korxonalarimiz tomonidan yaratilgan mahsulotlar jahon brendlariga ham yetkazib berilmoqda.

Sportchilarimizning aynan oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarida ishtirok etishi bejiz emas. Dunyoning yirik sport kiyim ishlab chiqaruvchilari bilan bir qatorda raqobat qilgan holda sportchilarimiz uchun yaratilgan maxsus kiyimlar tanlov hayʼati aʼzolarini befarq qoldirmadi. Avvalo, milliy mahsulotlarimizning sportchilarimiz tomonidan kiyilishi mahsulotimizga boʻlgan talabni oshiradi va milliy brendlarimizning tanilishiga katta turtki boʻladi. Bu butun toʻqimachilik sanoatining ulkan yutugʻidir.

Liboslar yaratilishida dizaynerlar asosiy urgʻuni ularning qulayligi, issiq havo va namlikni ushlash xususiyatlari, milliylik va vatanparvarlik ruhiyatini aks etgan ranglardagi zamonaviy dizaynga qaratishdi.

Taqdimot soʻngida 2020 yil Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi va XVI paraolimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun yaratilgan sport kiyimlari jamlanmalari tasdiqlandi.

Sportchilarning Olimpiya oʻyinlarini ochilish va yakunlanish marosimlarida kiyiladigan liboslarni yaratish “ Istiqlol Textil Dizayn” MCHJ (“Ideal” brendi) ga topshirildi

Sportchilarning sport kiyimlarini “Buka boxing sportwear” (BUKA brendi) korxonasi tomonidan taqdim etilgan nusxalari tasdiqlandi va sportchilar uchun qoʻshimcha ravishda sumka, paypoq, sochiq, bosh kiyimi va boshqa zaruriy ashyolar tayyorlanishi boʻyicha vazifalar yuklatildi

Sport ishqibozlari uchun “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining “Sharq liboslari” Dizayn markazi tomonidan taqdim etilgan nusxalar tasdiqlandi va qoʻshimcha ravishda sharflar, bosh kiyimlar va hokazo mahsulotlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ