| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi405 marta oʻqildi

Endilikda Toshkent shahridan uy olish uchun propiska talab qilinmaydi

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Prezidenti Farmoni imzolandi. Farmonga koʻra, 2020 yil 1 apreldan Toshkent shahridan uy olish uchun propiska soʻralmaydi.

Endilikda Toshkent shahridan uy olish uchun propiska talab qilinmaydi

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Prezidenti Farmoni imzolandi.

Farmonga koʻra, 2020 yil 1 apreldan boshlab:

  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulk xarid qilishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlish talab qilinmasligini koʻzda tutuvchi tartib joriy etiladi;

  • koʻchmas mulk xarid qilishda Oʻzbekistan fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlish talabi va yangi qurilgan uylar boʻyicha oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasi bekor qilinmoqda;

  • doimiy propiskaga qoʻyishda bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi qoidalariga rioya etish talabi belgilanmoqda (ushbu qoida qarindoshlarni doimiy propiskaga qoʻyishda tatbiq etilmaydi);

(ijtimoiy norma 1 kishi hisobiga - 16 kv.m.dan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun - 23 kv.m.dan kam boʻlmagan hajmda belgilangan).

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ