| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi104 marta oʻqildi

Biometrik pasportlar ID-kartaga almashtiriladi

ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi (198 ming 470 soʻm). Oʻzbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Biometrik pasportlar ID-kartaga almashtiriladi

“Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab yangi tugʻilgan bolaga, Oʻzbekiston fuqarosiga, Oʻzbekiston hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikatsiya ID-kartasi beriladi.

ID-karta shaxsni, fuqarolikni tasdiqlaydigan hujjat hisoblanib, Oʻzbekiston hududida foydalaniladi. ID-karta 10 yil muddatga beriladi.

ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi (198 ming 470 soʻm).

Oʻzbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti, fuqaroligi boʻlmagan shaxs va xorijiy fuqaroning yashash guvohnomasi ularning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar haqiqiydir. Ushbu hujjatlarning egalari ularni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish huquqiga ega.

Biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish:

  • 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida;

  • 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ