| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi189 marta oʻqildi

Koronavirus sabab bozorlar kasodga uchramoqda

Euronews koronavirus epidemiyasi tufayli koʻpgina yirik kompaniyalarning zarar koʻrayotgani haqida xabar qildi. Jusladan, koʻplab aviakompaniyalar allaqachon Xitoyga parvoz qilishni toʻxtatgan.

Koronavirus sabab bozorlar kasodga uchramoqda

Koronavirus epidemiyasi tufayli jahonda oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan talab va ishlab chiqarish sikllarida kuzatilayotgan noaniqlik, investorlarda ushbu sohaga ishonchni pasaytirmoqda. Bu haqda Euronews xabar qildi.

“Hozirga kelib tadbirkorlarda foydadan koʻra yoʻqotishlar yuzaga kelmoqda, treyderlar esa ishonchsiz aktivlardan tezroq voz kechishga harakat qilmoqda”, deyiladi xabarda.

"Spartan Capital Securities" yetakchi iqtisodchisi Piter Kardiloga koʻra, jahonda yuz berayotgan voqealar taʼsiri natijasida kundan-kunga zarar koʻrayotgan kompaniyalar soni oshib bormoqda.

“Shunday qilib, birinchi hisobot choragida biz juda jiddiy va qiyin sinovlarga duch kelishimiz mumkin”, degan u.

Dunyoning alkogol ichimliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri “Diageo” kutilayotgan daromadning pasayishi haqida ogohlantirgan. Kompaniyadagi salbiy prognoz Xitoyda koʻplab restoranlarning yopilishi, koronavirus tufayli yuzaga kelgan boshqa majburiy cheklovlar bilan bogʻliq.

"The Associated Press"ning biznes boʻlimi muharriri Set Satelning soʻzlariga koʻra, shunga oʻxshash sabablar bilan turizm sohasi ham juda katta yoʻqotishlarga duch kelmoqda, xususan, sayohat qilish cheklovlari kundan-kunga ortib bormoqda. "Koʻplab aviakompaniyalar allaqachon Xitoyga parvoz qilishni toʻxtatgan, biroq hozirga kelib virus Yevropa va Yaqin Sharqda ham juda tez tarqalmoqda", degan u.

Koronavirusning tarqalishi avtomobillar bozorida ham talabning keskin pasayishiga ham olib kelgan. Moodyʼs reyting agentligi yil davomida sotuvlar 2,5 foizga pasayishini taxmin qilgan. Bu koʻrsatkich avvalgi prognozlarga qaraganda 2,5 baravar salbiydir.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ