| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi1 560 marta oʻqildi

Ipoteka kreditini olish uchun murojaat qilgan shaxslarga qanday talablar qoʻyilmoqda?

Aholiga ipoteka krediti berishning yangi tartibida ipoteka krediti oluvchilar va kreditlovchi banklarga talablar qoʻyildi. Ipoteka kreditini olmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosining banklardan olingan avvalgi qarzlari vaqtida toʻlanganligi ham ahamiyatga olinadi.

Ipoteka kreditini olish uchun murojaat qilgan shaxslarga qanday talablar qoʻyilmoqda?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan “Aholiga koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari ajratish konsepsiyasi” tasdiqlanib, yangi tartib doirasida ipoteka krediti oluvchilar jismoniy shaxslar va ushbu kreditlarni berishda qatnashuvchi tijorat banklariga talablar belgilandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.

  1. Ipoteka krediti oluvchilarga quyidagi talablar qoʻyildi:

- ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 50 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

- ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda qaytarish imkoniyatiga ega boʻlgan doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega boʻlishi;

- qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari, yaʼni qarz yuki koʻrsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʻrtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori boʻlmasligi;

- ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olishlari mumkin.

  1. Ipoteka krediti berishda ishtirok etuvchi banklarga talablar:

- yangi tartib doirasida ipoteka kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibi ishlab chiqilganligi;

- “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poorʼs” xalqaro reyting agentliklarining

“V” darajasidan yoki “Moodyʼs Investors Service” reyting agentligining

“V2” reytingidan past boʻlmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega boʻlishi;

- oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlariga auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjudligi;

- davlat byudjeti mablagʻlari, shu jumladan, Moliya vazirligi tomonidan yangi tartibga muvofiq joylashtirilgan moliyaviy mablagʻlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi boʻlmasligi;

- Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan prudensial normativlarni buzilganligi sababli unga nisbatan ipoteka kreditlarini berilishiga toʻsqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalari mavjud boʻlmasligi;

- regulyativ kapitali 500 mlrd. soʻmdan kam boʻlmagan tijorat banklari yangi tartib doirasida kreditlashda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ