| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi405 marta oʻqildi

Oʻzbekiston yana ikkita davlatga aviaqatnovlarni bekor qildi

Dunyo boʻylab keng tarqalib borayotgan Covid – 19 koronavirusi sababli Oʻzbekiston bir qancha davlatlarga aviaqatnovlarni bekor qilgan edi. 1 martdan boshlab Oʻzbekiston Janubiy Koreya, Yaponiya va Italiya davlatlaridan tashqari yana ikki davlat bilan aviaqatnovlarni vaqtinchalik bekor qildi.

Oʻzbekiston yana ikkita davlatga aviaqatnovlarni bekor qildi

Joriy yilning 1 mart kunidan boshlab Oʻzbekistonning Afgʻoniston, Eron davlatlari bilan aviaqatnovlari vaqtinchalik toʻxtatildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ushbu chora davlatlar oʻrtasidagi aviqatnovlar Covid – 19 koronavirusining Oʻzbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida koʻrilgan.

Taʼkidlanishicha, koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanishi bilan ushbu davlatlar oʻrtasidagi aviaqatnovlar qayta yoʻlga qoʻyiladi.

“Oʻzbekiston fuqarolariga Afgʻoniston, Eron va Italiyadagi holatning yaxshilanishiga qadar ushbu mamlakatlarga borishdan tiyilib turishlari tavsiya etiladi”, deyilgan xabarda.

TIV xorijda, jumladan, koronavirus bilan ogʻrigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida boʻlib turgan mamlakat fuqarolariga zarur holatlarda Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 1 martdan Janubiy Koreya, Yaponiya va Italiga boʻlgan qatnovlarni vaqtincha toʻxtatgan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ