«UzAuto Motors» ayollar uchun aksiya eʼlon qildi
Ushbu aksiyada avtomobillarining texnik holatini tekshirish istagida boʻlgan barcha ayollar ishtirok etishi mumkin. Aksiya 2 martdan boshlanadi.

«UzAuto Motors» AJ Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan aksiya boshlangani haqida eʼlon qildi.
2 dan 8 martgacha davom etadigan mazkur aksiyada avtomobillarining texnik holatini tekshirishni istagan barcha ayollar ishtirok etishlari mumkin.
Kompyuter dasturlari yordamida diagnostika stendlarida bizning mutaxassislarimiz sizning avtomobilingizni barcha texnik parametrlarini, jihozlar, tizimlar va qismlarning holatini tekshiradilar va keyingi foydalanish boʻyicha maslahat beradilar. Butun hafta davomida, shuningdek, avtomobilingizni yuvish, gʻildiraklarni muvozanatlash (balansirovka) va gʻildiraklarni moslashtirish (razval sxojdeniye) kabi bepul xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.
Ushbu aksiyada ishtirok etish istagida boʻlgan ayollar uchun 2 martga qadar kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻlish sharti qoʻyildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

