O'zbekistonning ommaviy yangiliklari: ijtimoiy dasturlar, kambag'allarga yordam, Review.uz saytida O'zbekistonda ijtimoiy hayotning so'nggi yangiliklari
629 ta material

DSQ yirik soliq toʻlovchilarga stiker beradi
Avtotransport vositasidan foydalanish uchun ruxsat beruvchi stiker olgan xodimlar mehnat daftarchasining nusxasi va ish joyidan berilgan tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi kerak.

Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni oshdi
Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaygan bemorlar bugun, avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichni qayd etdi. 21 aprel holatiga koʻra koronavirusdan tuzalganlar 96 nafarni tashkil etdi.

Chekka hududda yashovchilar xorijdan pul oʻtkazmalarini olish uchun qaysi bankka borishlari kerak?
Chekka hududda yashovchilar xorijdan pul oʻtkazmalarini olish uchun Xalq bankiga borishi kerak ekan. Oqibatda, Xalq bankida navbatlar koʻpayib ketyapti. Eshitishimizcha, Markaziy bank boshqa banklarga ham bu vazifani yuklagan, degan savollarga Markaziy bank javob berdi.

Ramazon oyining boshlanishi nechinchi aprelga toʻgʻri kelishi maʼlum boʻldi
“Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

TEAM universiteti tashkil etildi
“TEAM universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 238 nafarga yetdi
25 mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan bemorlarning 11 nafari koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaydi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori: karantin muddati uzaytirildi va yangi tartiblar kiritildi
Karantin davrida muddati tugaydigan barcha ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar (litsenziya va ruxsatnomalar) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning (fuqarolik pasporti, Oʻzbekistonda yashash ruxsatnomasi), avtotransport vositalari uchun talab qilinadigan hujjatlar (sugʻurta polisi, transportni boshqarish uchun ishonchnoma, transport vositasini (qayta) roʻyxatdan oʻtkazganlikni hamda texnik koʻrikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlar) amal qilish muddati 2020 yil 1 iyulga qadar uzaytiriladi.

Taksilarga litsenziya berish tartibi vaqtincha toʻxtatildi
Toshkent shahrida yoʻlovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun litsenziya varaqalari berish vaqtincha toʻxtatildi.

Toshkent shahrida kirish-chiqish taqiqlangan koʻchalarni koʻrish mumkin boʻlgan geoportal yaratildi
Toshkent shahar IIBB hamkorligida yaratilgan geoportalda toʻsiqlar joylashgan joy xaritada qizil chiziqlar bilan aks ettirilgan boʻlib, ularning soni bugungi kunda 1415 tani tashkil etmoqda.

Covid-19 koronavirus infeksiyasidan yana bir bemor vafot etdi
7 aprel kuni karantinga olingan ayol 18 aprel kuni koʻrsatilgan barcha yordamlarga qaramay vafot etgan. Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni 5 nafarga yetdi.

Oʻzbekistonda karantin muddati uzaytirildi
Respublika maxsus komissiyaning 2020 yil 20 aprelgacha kiritilgan cheklovchi tadbirlari muddati uzaytirildi.

Xizmatda turgan xodimlar uchun maxsus kombinezonlar yetkazib berildi
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan xizmatda turgan xodimlar uchun maxsus kombinezonlar homiylik yoʻli bilan taqdim etildi.

Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni yana uch nafarga ortdi
18 aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonalaridan bir nafardan, jami 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sogʻaydi. Ular orasida 6 yoshli qizaloq ham bor.

Xorijda koronavirus yuqtirgan oʻzbekistonliklar soni oshdi
Avvalroq koronavirusga chalingani tasdiqlangan xorijdagi oʻzbekistonliklar soni 23 nafarni tashkil etayotgan edi. Ularning toʻrt nafari vafot etgan. Ayni vaqtga kelib xorijda koronavirus yuqtirgan oʻzbekistonliklar soni ortgan.

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar orasida 1 yoshgacha boʻlgan bolalar ham bor
Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallanganlarning 52 nafari uy bekasi, 20 nafari maktab oʻquvchisi.

Oʻzbekistonga 15 kishilik xitoylik shifokorlar guruhi yetib keldi
17 aprel kuni Oʻzbekistonga xitoylik shifokorlar bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati nomidan zarur tibbiy buyumlar va dori-darmonlar vositalaridan iborat gumanitar yordam ham olib kelindi.

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim toʻlovlar hisoblanishi toʻxtatib turiladi
Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga qadar moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlovlar hisoblanishi toʻxtatib turiladi

Prezidenti huzurida Jamoatchilik palatasi tashkil etildi
Hududiy jamoatchilik palatasi jamoatchilik asosida ishlaydigan 21 nafar aʼzodan iborat boʻlib, ular hududlarda faoliyat olib borayotgan NNTlar, ilmiy doiralar, OAVlar va keng jamoatchilik vakillaridan shakllantiriladi.

Mehnat vaziri Nozim Husanov oʻzbek paxtasiga boykotni toʻxtatishni soʻradi
Mehnat vaziri COVID-19 oqibatlarini yumshatish uchun Cotton Campaignʼdan oʻzbek paxtasiga boykotni toʻxtatishni soʻrab ochiq xat yozdi.

Tashkilotlar va jamgʻarmalar uchun yagona mehnatga haq toʻlash tizimini tatbiq etiladi
Oliy Majlis palatalari, sud va prokuratura organlari, barcha vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy organlari, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va jamgʻarmalar uchun yagona mehnatga haq toʻlash tizimini tatbiq etish boʻyicha Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar oʻz vaqtida toʻlanadi
“Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini taʼminlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekistonda karantinning qancha davom etishi mumkinligini aytdi
Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov Oʻzbekistonda karantin may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta ekanligini bildirdi.

Fuqarolar Davlat soliq qoʻmitasiga avvalgidan koʻra kamroq murojaat qilmoqda
Davlat soliq qoʻmitasining "Ishonch telefoni" va "Qoʻnhiroqlar markazi"ga aholidan kelib tushayotgan murojaatlar soni kamaygan. Respublikaning uchta viloyatidan boshqa hududlarga nisbatan koʻproq murojaat tushgan.

Taksi litsenziyasiga ega avtomobillarga stiker talab etilmaydi
Adliya vazirligi Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus shtabning 2020 yil 14 apreldagi qoʻshma yigʻilishi qaroriga asosan, Oʻzbekistonda taksi litsenziyasiga ega avtomobillarga stiker talab etilmaydigan boʻldi.

Saida Mirziyoyeva: Koʻmakka muhtoj 1000 nafarga ayollar uchun ichida bir million soʻm boʻlgan plastik karta beriladi
Biz karantin tufayli moddiy ahvoli ogʻirlashgan ayollar uchun mingta Uzsard kartasini tayyorlatdik va Jamoat fondi hisobidan bir milliard soʻm oʻtkazdik. Butun respublika boʻylab ijtimoiy himoyaga muhtoj, farzandlarini yolgʻiz tarbiya qilayotgan, ishsiz qolgan ming nafar ayol tanlab olindi, deydi Saida Mirziyoyeva.
