| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi454 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni yana uch nafarga ortdi

18 aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonalaridan bir nafardan, jami 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sogʻaydi. Ular orasida 6 yoshli qizaloq ham bor.

Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni yana uch nafarga ortdi

Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni samarali davolash jarayonida minglab tibbiyot xodimlarining matonati va fidoyiligiga hammamiz guvoh boʻlib turibmiz. Bunda mamlakatimizning barcha hududlarida shifokorlar astoydil mehnat qilishmoqda.

Koronavirusdan tuzalganlar soni yuzga yaqinlashdi

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonalaridan bir nafardan, jami 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sogʻaydi. Ular Qoraqalpogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlardan bir nafari 6 yoshli qizaloq Nukus shahridan, yana bir nafari 33 yoshli erkak Andijon shahridan hamda yana bir nafar 46 yoshli ayol Namangan shahridan boʻlib, barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olishgan.

Hozirga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butkul sogʻayganlar 171 nafarga yetdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ