| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi495 marta oʻqildi

Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekistonda karantinning qancha davom etishi mumkinligini aytdi

Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov Oʻzbekistonda karantin may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta ekanligini bildirdi.

Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekistonda karantinning qancha davom etishi mumkinligini aytdi

Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov 15 aprel kuni boʻlib oʻtgan brifingda Oʻzbekistonda karantin bilan bogʻliq cheklov choralari may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta ekanligi haqida aytib oʻtdi.

«Ikkinchi chorak biz uchun oʻta murakkab boʻlishi kutilyapti. Koʻplab mamlakatlar kabi Oʻzbekistonda ham karantin bilan bogʻliq cheklovlar asosan aprel oyiga toʻgʻri kelyapti va may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta», dedi bosh vazir oʻrinbosari.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ