Taksilarga litsenziya berish tartibi vaqtincha toʻxtatildi
Toshkent shahrida yoʻlovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun litsenziya varaqalari berish vaqtincha toʻxtatildi.

Toshkent shahrida 15 apreldan 5 mayga qadar yoʻlovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun litsenziya varaqalari berish vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Taksi litsenziyasiga ega avtomobillarga stiker talab etilmaydi
Avvalroq Respublika maxsus komissiyasi yoʻlovchi tashish faoliyati uchun litsenziya varaqalariga ega yengil avtomobillarning faqatgina yoʻlovchilarsiz, yetkazib berish xizmati (kurer, «dostavka», keytering) bilan shugʻullanishiga ruxsat bergan edi.
Ular faqatgina oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiyot vositalari, shuningdek birinchi navbatda zarur mahsulotlarni tashishi mumkin. Yoʻlovchi tashish yoki fuqarolar bilan bogʻliq boshqa faoliyatlar bilan shugʻullangan taqdirda ularga nisbatan qatʼiy choralar koʻriladi.
Qayd etishlaricha, hozirda Toshkent shahrida yoʻlovchilarni yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun litsenziyalangan avtomobillar soni 11 792 taga yetgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

