| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi468 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 238 nafarga yetdi

25 mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan bemorlarning 11 nafari koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaydi.

Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 238 nafarga yetdi

Buxoro viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazidan yana 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning barchasi joriy yil 25 mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga joylashtirilgan. Ulardan 10 nafari erkak, 1 nafari ayol. Bemorlarning 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Fargʻona viloyatidan, Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan jami 238 nafar bemor toʻliq sogʻaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ