| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi2 558 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda karantin muddati uzaytirildi

Respublika maxsus komissiyaning 2020 yil 20 aprelgacha kiritilgan cheklovchi tadbirlari muddati uzaytirildi.

Oʻzbekistonda karantin muddati uzaytirildi

Respublika hududida koronavirusga qarshi kompleks chora-tadbirlar va eng asosiysi masʼuliyatni chuqur his qilgan aholi tomonidan oʻzini yakkalash hayot tarziga oʻtganligi va "ijtimoiy masofalanish" tamoyiliga amal qilishi aniq samara bermoqda.

Amalga oshirilayotgan karantin tadbirlarining natijadorligi saqlab qolinishini taʼminlash maqsadida:

Respublika maxsus komissiyaning 2020 yil 20 aprelgacha kiritilgan cheklovchi tadbirlari (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kiritilgan kuchaytirilgan tartib 2020 yilning 10 mayiga qadar uzaytirilganini maʼlum qilamiz.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ