| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi1 164 marta oʻqildi

Xorijda koronavirus yuqtirgan oʻzbekistonliklar soni oshdi

Avvalroq koronavirusga chalingani tasdiqlangan xorijdagi oʻzbekistonliklar soni 23 nafarni tashkil etayotgan edi. Ularning toʻrt nafari vafot etgan. Ayni vaqtga kelib xorijda koronavirus yuqtirgan oʻzbekistonliklar soni ortgan.

Xorijda koronavirus yuqtirgan oʻzbekistonliklar soni oshdi

Xorijiy mamlakatlarda boʻlib turgan 73 nafar Oʻzbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda 18 aprel kuni AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Avazbek Hojimatov maʼlum qildi.

Xorijda nechi nafar Oʻzbekistonlik koronavirus yuqtirib olganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi

18 aprel holatiga TIV operativ shtabida mavjud maʼlumotlarga koʻra, Avstriya, Armaniston, AQSH, BAA, Gretsiya, Isroil, Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand, Turkiya, Yaponiya va Qozogʻistonda boʻlib turgan 73 nafar Oʻzbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

"Keltirilgan davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarimiz bemor vatandoshlarimiz va ularning yaqinlari bilan muntazam aloqada boʻlib turibdi. Shu bilan birga zaruriy konsullik huquqiy yordam ham koʻrsatishyapti", dedi Avazbek Hojimatov.

TIV matbuot kotibi oʻz chiqishida xorijdagi vatandoshlarni koronavirus qarshi kurash boʻyicha mahalliy maʼmuriyat talablariga toʻliq rioya etish, jamoaviy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ