| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi887 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar orasida 1 yoshgacha boʻlgan bolalar ham bor

Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallanganlarning 52 nafari uy bekasi, 20 nafari maktab oʻquvchisi.

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar orasida 1 yoshgacha boʻlgan bolalar ham bor

17 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Brifingda koronavirus yuqtirgan bemorlar haqida maʼlumotlar berildi.

Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallanganlarning:

  • 52 nafari uy bekasi;

  • 20 nafari maktab oʻquvchisi;

  • 12 nafari uyushmagan yoshlar vakili;

  • 20 nafari ishsiz.

"Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bemorlar qayd etilgan muassasalarning joylashuviga, qolaversa, karantinda saqlanayotgan fuqarolarning karantin maskani joylashgan manzilga ham bevosita bogʻliq.

Shuning uchun biz tumanlarda kasallanganlar soni qayd etilishiga qarab turib, bizning tumanimizda kamroq yoki boshqa tumanda koʻproq ekan degan fikrga borishimiz kerak emas", dedi Almatov.

Bemorlar orasida 60 yoshdan katta yoshdagilar 32 nafarni, 50 yoshdan 60 yoshgacha boʻlganlar 28 nafarni, 30-39 yoshdagilar 82 nafarni, 20–29 yoshdagilar 88 nafarni tashkil qiladi.

Shuningdek, bemorlarning 7 nafari 1 yoshgacha, 3 nafari esa 1 yoshdan 2 yoshgacha boʻlgan bolalardir.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ