| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi238 marta oʻqildi

Chekka hududda yashovchilar xorijdan pul oʻtkazmalarini olish uchun qaysi bankka borishlari kerak?

Chekka hududda yashovchilar xorijdan pul oʻtkazmalarini olish uchun Xalq bankiga borishi kerak ekan. Oqibatda, Xalq bankida navbatlar koʻpayib ketyapti. Eshitishimizcha, Markaziy bank boshqa banklarga ham bu vazifani yuklagan, degan savollarga Markaziy bank javob berdi.

Chekka hududda yashovchilar xorijdan pul oʻtkazmalarini olish uchun qaysi bankka borishlari kerak?

Hozirda barcha tijorat banklarining hududlardagi bank binolarida xalqaro pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq amaliyotlar bank ish kunlari davomida belgilangan tartibda amalga oshirib kelinmoqda. Aholiga xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha xizmatlarni faqatgina Xalq bankiga yuklatilgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossizdir. Shunga koʻra, aholi oʻzi yashayotgan hududdagi istalgan tijorat bankiga xalqaro pul oʻtkazmalaridan yuborilgan mablagʻlarni olish uchun murojaat qilishi mumkin.

Bundan tashqari, tijorat banklarida hozirgi kunda xalqaro pul oʻtkazmalari orqali joʻnatilgan chet el valyutasini toʻgʻridan-toʻgʻri bank kartalariga oʻtkazib berish imkoniyati yaratilgan. Jumladan, bunga misol sifatida "Turonbank", Xalq banki, "Agrobank", "Ipoteka-bank", "Hamkorbank" va "Ipak yoʻli banki"ni keltirish mumkin.

"Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan karantin sharoitida tijorat banklari tomonidan ustuvor ravishda masofadan turib xizmatlarni koʻrsatish bilan bir qatorda mijozlarga tegishli bank xizmatlarini tashkil etish maqsadida xalqaro pul oʻtkazmalari va boshqa chakana bank xizmatlarini amalga oshirish boʻyicha yetarli bank infratuzilmasi mavjud boʻlmagan chekka va olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga xizmatlar koʻrsatish boʻyicha barcha tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan aniq koʻrsatmalar berilgan", deyiladi xabarda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ