Oʻzbekistonga 15 kishilik xitoylik shifokorlar guruhi yetib keldi
17 aprel kuni Oʻzbekistonga xitoylik shifokorlar bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati nomidan zarur tibbiy buyumlar va dori-darmonlar vositalaridan iborat gumanitar yordam ham olib kelindi.

Xitoylik shifokorlar va tibbiyot mutaxassislaridan iborat 15 kishilik guruh mamlakatimizga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif ikki mamlakat oʻrtasidagi mustahkam hamkorlik samarasi oʻlaroq amalga oshirildi. Xitoylik mutaxassislar mamlakatimizda COVID-19ning oldini olish, nazorat qilish va davolashni tashkil etishda yurtimiz tibbiyot xodimlariga yaqindan koʻmaklashadi.
Taʼkidlash joizki, Mazkur tibbiy guruh Xitoyning Nanchan shahridan (Szyansi provinsiyasining maʼmuriy markazi) kelishgan boʻlib, ushbu provinsiya Xubey provinsiyasi bilan chegaradosh (koronavirus tarqalishining epidemik markazi) va tuzalib ketgan bemorlar soni boʻyicha Xitoyda birinchi oʻrinda turadi.
Tibbiy guruh tarkibiga virusolog, epidemiolog, pulmonolog, terapevt, jarroh va yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassislar kiradi. Ular orasida joriy yilning yanvar-fevral oylarida Xitoyda koronavirusga qarshi milliy kurash doirasida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri COVID-19ning tarqalish markaziga – Uxan shahriga va Xubey provinsiyasining boshqa shaharlariga yuborilgan yetakchi klinikalarning tajribali shifokorlari ham bor.
Ayni paytda xitoylik shifokorlar bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati nomidan zarur tibbiy buyumlar va dori-darmonlar vositalaridan iborat gumanitar yordam ham olib kelindi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

