Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim toʻlovlar hisoblanishi toʻxtatib turiladi
Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga qadar moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlovlar hisoblanishi toʻxtatib turiladi

“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarini maqbullashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga qadar moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlovlar hisoblanishi toʻxtatib turiladi (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq toʻlashning 1-3 razrayadlari qoʻllaniladigan xodimlardan tashqari).
Shuningdek, byudjet tashkilotlarida:
asosiy vositalarni xarid qilish va kapital taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar joriy yilning 1 iyuliga qadar toʻxtatiladi va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablagʻlar qisqartiriladi yoki 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga oʻtkaziladi;
kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qogʻoz va boshqa kanselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar oʻtkazish, joriy taʼmirlash va boshqa xarajatlar qisqartiriladi.
Qaror bilan respublika va mahalliy byudjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

