Covid-19 koronavirus infeksiyasidan yana bir bemor vafot etdi
7 aprel kuni karantinga olingan ayol 18 aprel kuni koʻrsatilgan barcha yordamlarga qaramay vafot etgan. Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni 5 nafarga yetdi.

Shu yilning 7 aprel kuni 77 yoshli (ayol) A. surunkali bronxit, oʻng oʻpka atelektazi, gipertoniya kasalligi bilan karantinga olingan edi. Zudlik bilan oʻtkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan soʻng bemorda “Covid-19” koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
Shundan soʻng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasiga oʻtkazilgan.
Biroq virusolog, pulmonolog, terapevt, kardiolog, reanimatologlarning standartlar asosida oʻtkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bugun ushbu infeksiya asoratlari: ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning ogʻir kechishi, oʻtkir nafas yetishmovchiligi va oʻpka shishidan vafot etdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

