Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni oshdi
Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaygan bemorlar bugun, avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichni qayd etdi. 21 aprel holatiga koʻra koronavirusdan tuzalganlar 96 nafarni tashkil etdi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 13 nafari butkul sogʻaydi. Ular Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Sogʻaygan bemorlarning 3 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ulardan 11 nafari poytaxtimizdan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlardan 1 nafari charter reysda Turkiyadan Toshkentga kelgan. Qolgan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 71 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi esa 2019 yilda tugʻilgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, soʻnggi tekshiruvlar ularda infeksiya yoʻqligini koʻrsatdi.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaygan bemorlar bugun, avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan holda, ularning soni shu kungacha 357 nafarni tashkil etmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

