Toshkent shahrida kirish-chiqish taqiqlangan koʻchalarni koʻrish mumkin boʻlgan geoportal yaratildi
Toshkent shahar IIBB hamkorligida yaratilgan geoportalda toʻsiqlar joylashgan joy xaritada qizil chiziqlar bilan aks ettirilgan boʻlib, ularning soni bugungi kunda 1415 tani tashkil etmoqda.

Karantin tufayli poytaxtimizning koʻplab koʻcha va mahallalarida vaqtincha qatnovlarni cheklash maqsadida toʻsiqlar oʻrnatilganidan xabaringiz bor.
Ushbu toʻsiqlar Toshkent shahri boʻylab qaysi joylarga oʻrnatilganini koʻrish imkoniyatini beruvchi geoportal ishga tushirildi.
Davergeodezkadastr qoʻmitasi hamda Toshkent shahar IIBB hamkorligida yaratilgan geoportalda toʻsiqlar joylashgan joy xaritada qizil chiziqlar bilan aks ettirilgan boʻlib, ularning soni bugungi kunda 1415 tani tashkil etmoqda.
Geoportal barcha uchun ochiq shaklda yaratilgan. Unga covid19.geoportal.uz manzili orqali kirish hamda foydalanish mumkin.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

