| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi79 marta oʻqildi

Fuqarolar Davlat soliq qoʻmitasiga avvalgidan koʻra kamroq murojaat qilmoqda

Davlat soliq qoʻmitasining "Ishonch telefoni" va "Qoʻnhiroqlar markazi"ga aholidan kelib tushayotgan murojaatlar soni kamaygan. Respublikaning uchta viloyatidan boshqa hududlarga nisbatan koʻproq murojaat tushgan.

Fuqarolar Davlat soliq qoʻmitasiga avvalgidan koʻra kamroq murojaat qilmoqda

7/24 tartibida ishlovchi Davlat soliq qoʻmitasi “Ishonch telefoni” va “Qoʻngʻiroqlar markazi” (Call-center)ga aholidan kelayotgan murojaatlar nazoratga olinib, ular asosida oʻrganish va tegishli nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Davlat soliq qoʻmitasi taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, “Ishonch telefoni” va “Qoʻngʻiroqlar markazi” (Call-center)ga kelib tushayotgan murojaatlar soni kamayib bormoqda.

Masalan, oʻtgan hafta chorshanba va payshanba (8-9 aprel) kunlari 980 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shanba va yakshanba (11-12 aprel) kunlari ular soni 761 tani tashkil etdi.

Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari aholisi boshqa hududlarga nisbatan koʻproq murojaat qilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ