DSQ yirik soliq toʻlovchilarga stiker beradi
Avtotransport vositasidan foydalanish uchun ruxsat beruvchi stiker olgan xodimlar mehnat daftarchasining nusxasi va ish joyidan berilgan tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi kerak.

Davlat soliq qoʻmitasi karantin davrida korxonalar ishini yengillashtirish va uzluksiz faoliyat yuritishi uchun maqbul sharoitlar yaratish maqsadida yirik soliq toʻlovchilarning transport vositalariga maxsus ruxsat beruvchi stikerlar berishni boshlaydi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar qildi.
Ruxsat beruvchi stikerlar yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiruvchi korxonalar xodimlarining shaxsiy yoki xizmat avtotransport vositalari uchun beriladi.
Ruxsat beruvchi hujjatni olish uchun faqat onlayn tarzda soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron soliq xizmatlari portalida maxsus anketani toʻldirib ariza berish mumkin.
Avtotransportda harakatlanish uchun kerak boʻladigan maxsus QR-kodli ruxsatnomani printer orqali chop etish lozim. U ariza yuborilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida shakllantiriladi.
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan har bir soliq toʻlovchiga alohida stiker kvotalari belgilanadi. Ruxsat beruvchi stiker u olingan kundan boshlab 30 kun mobaynida harakatlanish huquqini beradi.
Avtotransport vositasidan foydalanish uchun ruxsat beruvchi stiker olgan xodimlar mehnat daftarchasining nusxasi va ish joyidan berilgan tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi kerak. Xodimlarga faqat belgilangan yoʻnalish boʻyicha, xizmat maqsadlarida soat 9:00 dan 18:00 gacha transport vositasidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ruxsat beruvchi stiker olish haqida DSQga ariza yuborilganidan keyin ularga tuzatishlar kiritish nazarda tutilmagan. Ruxsat berish uchun hech qanday toʻlov olinmaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

