Xizmatda turgan xodimlar uchun maxsus kombinezonlar yetkazib berildi
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan xizmatda turgan xodimlar uchun maxsus kombinezonlar homiylik yoʻli bilan taqdim etildi.

Butun dunyoda tarqalgan koronavirus pandemiyasi yurtimizni ham chetlab oʻtmadi. Mamlakatimizda kasallik tarqalishining oldini olish, pandemiyani talafotlarsiz oʻtkazish uchun barcha choralar koʻrilmoqda.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan poytaxtimizga kirib keladigan barcha postlarda tunu kun navbatchilikda turgan Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari Milliy gvardiya va boshqa tegishli idoralar xodimlariga xizmatda turgan paytida koronavirusdan himoyalanish uchun kiyiladigan qoʻshimcha maxsus kombinezonlar homiylik yoʻli bilan taqdim etildi.
Ushbu aksiya doirasida besh mingdan ziyod maxsus kombinezonlar tayyorlandi.
Taʼkidlash joizki, kombinezonlar davlatimiz rahbarining maxsus farmoni bilan tashkil etilgan mamlakatimizning chekka hududlaridagi tikuv sexlarida tayyorlandi.
– Bu ishga yuzdan ziyod tikuvchi jalb etilgan. Mazkur sexlarga xomashyo yetkazib berdik, mablagʻ bilan taʼminladik. Bunday aksiyalarimiz respublikamizning barcha hududlari boʻylab davom etadi, – dedi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi mudiri Baxtiyor Jamolov.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

