Review.uz saytidagi O'zbekiston iqtisodiyoti yangiliklari - dolzarb iqtisodiy yangiliklar, O'zbekiston moliya va bank sohasidagi yangiliklar
925 ta material

Jismoniy shaxslar uchun ijaraning eng kam stavkalari 6-25%ga oshirildi
“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi. Ulardan 2020 yilda jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladi.

Mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirish uchun 25 soʻmgacha miqdorda maxsus yigʻim joriy etildi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9 dekabrdagi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish toʻgʻrisidagi farmoni bilan avtotransport vositalari egalari uchun ikki turdagi yigʻimni joriy etish koʻzda tutilmoqda.

Oʻzbekistonda yangi pullik tonnellar va avtomobil yoʻllari qurilishi rejalashtirilmoqda
Oʻzbekistonda yangi pullik tonnellar va avtomobil yoʻllari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida 9 dekabr kuni imzolangan 4545-sonli Prezident qarorida aytib oʻtilgan.

Yoʻl-qurilish korxonalari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidan chiqarildi
“Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi joriy etildi
“Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Qurilish sohasiga oid islohotlar
Prezidentimizning PQ-4525-sonli qarorida qurilish uchun ruxsatnomalar berish, elektr taʼminoti tizimiga ulanish, koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish, kredit berish hamda toʻlovga qobiliyatsizlikni hal etish yoʻnalishlaridagi islohotlarning amaliyotga tatbiq etilishi yetarli emasligi natijasida “Biznes yuritish” yillik hisoboti tegishli indikatorlari boʻyicha mamlakatning reytingdagi oʻrni pastligicha qolayotganligi qayd etib oʻtilgan.

Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga QQSdan yengilliklar belgilanmoqda
2019 yil 9 dekabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.

2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Qonun bilan 2020 yilda byudjet jarayoni ishtirokchilari oʻrtasida byudjet vakolatlari taqsimlandi.

Oʻzbekistonda chet elliklarni roʻyxatdan oʻtkazish bekor qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida prezidentning «Turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi eʼlon qilindi.

28 turdagi maʼlumotnomani talab etish taqiqlandi
“Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Eng kam ish haqi qonunlardan chiqarildi
Bunga javobni 50 dan ortiq qonun hujjatlariga, shu jumladan 12 ta kodeksga kiritilgan tuzatishlardan topish mumkin (3.12.2019 yildagi OʻRQ-586-son Qonunga qarang).

Oʻzbekistonda Islomiy moliya va bankchilikka boʻlgan qiziqish ortib bormoqda
Yillik 15-20% oʻsish surʼatiga ega Islomiy bank dunyo boʻylab oʻzining ufqlarini kengaytirdi va 75 dan ortiq mamlakatda oʻz muassasalariga ega.

Deputatlar yangi tahrirdagi Coliq kodeksini qabul qildilar
9 dekabr kuni Qonunchilik palatasining majlisida ikkinchi oʻqishda «Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi taqdim etildi.

Retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi roʻyxati eʼlon qilindi
Ilgarigi roʻyxatga qaraganda yangi roʻyxat 49 ta pozitsiyaga qisqargan. Biroq, shifokor retseptisiz beriladigan monopreparatlarning umumiy soni 4 taga oshgan, kompleks preparatlar esa shu roʻyxatda 53 taga kamaygan.

Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida parvozlar tiklanadi
9 dekabr kuni Eronning «Zagros Airlines» aviakompaniyasi «Tehron-Toshkent-Tehron» yoʻnalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi sezilarli oshdi
Oʻzbekiston Markaziy banki 2019 yilning 10 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymatini belgiladi.

Oʻzbekistonlik ekspertlar Ukrainaning AESining atrof-muhitga taʼsirini baholash boʻyicha tajribasini oʻrganmoqda
Oʻzbekistonlik ekspertlar AES qurilishiga doir loyihalarning ekologik ekspertizasi borasidagi tajribalar bilan tanishish maqsadida Ukrainaga tashrif buyurdilar.

Qimmatli qogʻozlarni sotishning maxsus tartibi belgilandi
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan qimmatli qogʻozlar muomalasi maxsus tartibi belgilandi.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni «Oʻzbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Konstitutsiya qabul qilinganining 27 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda nutq soʻzladi. U oʻz nutqining bir qismini qonun ustuvorligi va jamoatchilik nazoratini taʼminlashga bagʻishladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi keng nishonlanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma yetti yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qoʻyish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.

Nurobodda “Cinema City Sollywood” kino shaharchasi quriladi
Samarqand viloyati Nurobod tumanining Oqsoy hududida Cinema City Sollywood kino olish shaharchasi qurilmoqda. Loyiha qiymati 45 mln dollarni tashkil etadi.

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qanchaga tushadi
Obʼyektlarni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (ART) ishlab chiqishning bazaviy qiymati va tuzatish koeffitsiyentlari tizimi tasdiqlandi.

Mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi
Soʻnggi yillarda turizm sohasini rivojlantirishga davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan katta eʼtibor qaratilmoqda. Turizm sohasini iqtisodiyotning lokomotiviga aylantirish maqsad qilingan.

EOII boʻyicha baʼzi mulohazalar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis Senatining 20-majlisida Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining toʻlaqonli aʼzosi boʻlishning jihatlari toʻgʻrisida fikrlarini bildirdi. Bu borada, mazkur ittifoq doirasidagi savdo jarayonlarining optimallashayotgani mahalliy tovarlarning xalqaro bozordagi oʻrniga salbiy taʼsir etishi qayd etib oʻtildi.

Davlat xaridlari tizimi takomillashadi
«Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subʼyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Prezident qarori qabul qilindi.
