| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi484 marta oʻqildi

Jismoniy shaxslar uchun ijaraning eng kam stavkalari 6-25%ga oshirildi

“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi. Ulardan 2020 yilda jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladi.

Soliqlar pasaytirilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun 2014 yildan buyon hukumat koʻchmas mulk va avtotransportni ijaraga berishning eng kam stavkalarini belgilaydi. Ijaraga beruvchi oʻzining mol-mulkini juda arzon yoki hatto bepul taqdim etishga haqli. Biroq byudjet bundan ziyon koʻrmasligi kerak. Ijaraning belgilangan eng kam stavkalaridan kelib chiqib, 12% JShDSni toʻlashga toʻgʻri keladi. Oʻtgan yilga nisbatan stavkalar indeksatsiya qilingan:

  • noturar joylar uchun – 15-25%ga. Toshkent shahridagi noturar koʻchmas mulk boʻyicha ijaraning eng kam stavkalari hammasidan koʻp oʻsdi – oyiga 1 kv.m. uchun 25 ming soʻm.

  • avtotransport vositalari uchun, oʻrtacha – 6%ga (9.12.2019 yildagi OʻRQ-589-son Qonunga 12-ilova).

Fuqarolar mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlarga 2020 yilda 12% stavka boʻyicha JShDS solinadi.

Eslatib oʻtamiz, yuridik shaxslar uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini har yili viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ