| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes6 daqiqada oʻqiladi443 marta oʻqildi

Eng kam ish haqi qonunlardan chiqarildi

Bunga javobni 50 dan ortiq qonun hujjatlariga, shu jumladan 12 ta kodeksga kiritilgan tuzatishlardan topish mumkin (3.12.2019 yildagi OʻRQ-586-son Qonunga qarang).

Eng kam ish haqi qonunlardan chiqarildi

Bunga javobni 50 dan ortiq qonun hujjatlariga, shu jumladan 12 ta kodeksga kiritilgan tuzatishlardan topish mumkin (3.12.2019 yildagi OʻRQ-586-son Qonunga qarang).

Tuzatishlar mohiyati quyidagilardan iborat. 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab eng kam ish haqi miqdori (EKIH) quyidagi uchta mustaqil tushunchaga ajratildi: mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM), bazaviy hisoblash miqdori (BHM) va pensiyani hisoblash bazaviy miqdori (PHBM). Ular qaysi holatlarda qoʻllanilishi haqida bu yerda bilib olasiz. Material eʼlon qilingan sanadagi holatga koʻra MHEKM 634 880 soʻmni, BHM va PHBM – 223 000 soʻmni (bekor qilingan EKIHga teng miqdorda, tahr. izohi) tashkil etadi.

Tegishincha, u yoki bu toʻlovning EKIHdan BHM yoki PHBMga oʻzgartirilishi bilan bogʻliq holatlarda – «birga bir» konvertatsiyada atamalarning oʻzgartirilishi yakuniy summaga taʼsir koʻrsatmaydi (bekor qilingan EKIH hamda uning oʻrniga joriy etilgan BHM va PHBM miqdor jihatdan bir xil, tahr. izohi). Bunday holatni, masalan, Jinoyat kodeksida va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda kuzatish mumkin – jarima koʻrinishidagi sanksiyalar bundan buyon BHMda hisoblanmoqda, biroq bundan jarimalar summasi oʻzgarmaydi, sababi belgilangan sanksiya miqdorlari avvalgidek qoldirilmoqda.

EKIHdan MHEKMga oʻtish nazarda tutilgan holatlarda vaziyat biroz boshqacharoq. MHEKM uch baravar koʻp boʻlganligi sababli qonun chiqaruvchi koeffitsiyentlarni tuzatishga majbur boʻlgan. Bu, oʻz navbatida, pulda ifodalangan raqamlarda aks etgan. Qoidaga koʻra, arzimas miqdorda oshirish yuz beradi.

Masalan, ilgari ayrim qonun hujjatlari bilan belgilangan 1 EKIH summasi (223 ming soʻm) MHEKMning 35,2%i yoki 223 477,76 soʻmga almashtirildi. Bundan buyon quyidagilar qoʻllaniladi:

a) mehnatga qobiliyatsizlar, yolgʻiz qariyalar, pensionerlar va ularning oila aʼzolari uchun oyiga oʻrtacha bir jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻrsatkichi, bunda ularga maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy nazarda tutiladi (xususiylashtirish huquqisiz ijaraga olinadi);

b) ishlamaydigan xizmatga chaqiriluvchilarga hokimiyatlar tomonidan toʻlanadigan nafaqa summasi;

v) vaqtincha mehnat qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqaning eng kam miqdori;

g) ishidan va ish haqidan mahrum boʻlgan, mehnat organlarida roʻyxatga olingan, qaramogʻida voyaga yetmagan bolalari va boshqa kishilar boʻlgan shaxslarga («Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida»gi Qonunning 25-moddasida koʻrsatib oʻtilgan shaxslardan tashqari) kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malaka oshirish davrida toʻlanishi kafolatlangan eng kam miqdordagi stipendiya;

d) bir yildan ortiq ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashga, malaka oshirishga muhtoj boʻlgan shaxslar uchun eng yuqori miqdorda stipendiya;

ye) quyidagi shaxslarga toʻlanadigan kafolatlangan eng kam ishsizlik nafaqasi miqdori:

  • ishidan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlganda nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga;

  • harbiy xizmatdan, ichki ishlar, MXX va PXDXdan boʻshatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat qilishdan oldin ishlamagan shaxslarga;

  • bir yildan ortiq tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan, shuningdek 12 oy mobaynida haq toʻlanadigan ish bilan bandligi 12 kalendar haftadan kam boʻlmagan shaxslarga;

  • ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan oʻtgandan, malaka oshirishni tugatgandan keyin ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega boʻlganlarga.

Universalidan tashqari quyidagi oʻziga xos qayta hisob-kitoblar ham mavjud:

birinchidan, birinchi marta ish qidirayotgan ishsizlarga va maxsus maʼlumoti boʻlmagan ishsizlarga, uzoq muddatli tanaffusdan soʻng mehnat faoliyatini tiklashga harakat qilayotganlarga, kasbga tayyorlash uchun yoki ishga joylashishga imkoniyat boʻlmaganlarga nafaqa – MHEKMning 26,5%i, yaʼni 168 243,2 soʻm (ilgari – EKIHning 75%i, yaʼni 167 250 soʻm);

ikkinchidan, jinoiy yoki fuqarolik ishlarida ishtirok etgan ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga toʻlov. Ular uchun belgilangan MHEKMga nisbatan koeffitsiyentlar oʻzgartirildi:

Toʻlov turi

Oldingi hisob-kitob tartibi

Yangi hisob-kitob tartibi

EKIHga nisbatan koeffitsiyent

summa (soʻm)

MHEKMga nisbatan koeffitsiyent

summa (soʻm)

Ekspertlar, mutaxassislarga toʻlov (bir soatlik ish uchun)

0,015-0,020

3 345 – 4 460

0,0053-0,0071

3364,86 – 4507,65

Tarjimonlarga yozma tarjimalar uchun toʻlov (1 000 belgi uchun)

0,010-0,015

2 230 – 3 345

0,0036-0,0053

2285,57 – 3364,86

Sud majlislarida yoki soʻrovlarda tarjimon sifatida ishtirok etganlik uchun toʻlov (bir soatlik ish uchun)

0,015-0,020

3 345 – 4 460

0,0053-0,0071

3364,86 – 4507,65

uchinchidan, Oila kodeksida nazarda tutilgan quyidagilardan undiriladigan alimentlar miqdorlari:

  • ota-onalarlar har bir bola uchun – MHEKMning 26,5%idan kam boʻlmagan miqdorda, yaʼni 168 243,2 soʻm (ilgari – EKIHning 75%i, yaʼni 167 250 soʻm);

  • voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan ota-onaga beriladigan taʼminot, shuningdek er-xotinlarning biridan, shu jumladan sobiq er-xotinlardan ulardan birining taʼminoti uchun – MHEKMning 11,75%idan kam boʻlmagan miqdorda, yaʼni 74 598,4 soʻm (ilgari 1/3 EKIH, yaʼni 74 333,4 soʻm edi);

toʻrtinchidanSoliq kodeksida quyidagilarni toʻlash boʻyicha soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutilgan:

Toʻlov turi

Oldingi hisob-kitob tartibi

Yangi hisob-kitob tartibi

EKIHga nisbatan koeffitsiyent

summa (soʻm)

MHEKMga nisbatan koeffitsiyent

summa (soʻm)

Yuridik shaxslar amalga oshiradigan mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha quyidagi miqdordagi toʻlovlar koʻrinishidagi xarajatlar jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi:

Jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik toʻlovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib boʻlib qolgan taqdirda, zararning oʻrni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilanganidan kam boʻlmagan miqdorda qoplanadi)

5

1 115 000

1,76

1 117 388,8

maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qoʻshimcha xarajatlar uchun toʻlovlar

2

446 000

70,3%

446 320,64

jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qoʻshimcha xarajatlar tariqasidagi toʻlovlar

50%

111 500

17,6%

111 738,88

Mehnatga haq toʻlash tarzida daromadga kiritiladigan kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya)

Yuridik shaxslar xodimlarining choʻl va suvsiz joylarda, baland togʻli va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun ish haqiga koeffitsiyentlar hisoblashning eng yuqori summasi (hisoblash sanasidagi holatga koʻra)

4

892 000

1,41

895 180,8

Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari

Moddiy yordam summalari:

  • vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan;

  • Soliq kodeksining 178-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda

12

2 676 000

4,22

2 679 193,6

Yuridik shaxsdan soliq davri mobaynida:

  • xodimlar natura shaklida olingan sovgʻalar;

  • ilgari mazkur yuridik shaxsning xodimlari boʻlgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yoʻqotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila aʼzolari tomonidan olingan sovgʻalar va boshqa turlardagi yordam

6

1 338 000

2,11

1 339 596,8

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻlanadigan ishdan boʻshatish nafaqasi, miqdorlari –

12

2 676 000

4,22

2 679 193,6

Soliq kodeksining 180-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan, JShDSdan qisman ozod etilgan jismoniy shaxslar

daromad olingan har bir oy, miqdorlari –

4

892 000

1,41

895 180,8

beshinchidan, Jinoyat-ijroiya kodeksida nazarda tutilgan toʻlovlar. Masalan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazilganda, mehnat normasi va mehnat vazifalarini bajarganda, shuningdek bayram kunlari ragʻbatlantirish tarzida, mahkumlarga qoʻshimcha pul sarflashga ruxsat etilgan miqdor MHEKMning 3,6%ini, yaʼni 22 855,68 soʻmni (ilgari – EKIHning 10%igacha, yoki 22 300 soʻm) tashkil etadi. Mahkumning har oylik xarajatlari umumiy summasi quyidagi miqdorlarni tashkil etadi:

Jazoni oʻtash boʻyicha muassasa tartibi

Oldingi hisob-kitob tartibi

Yangi hisob-kitob tartibi

EKIHga nisbatan koeffitsiyent

summa (soʻm)

MHEKMga nisbatan koeffitsiyent

summa (soʻm)

umumiy

3

669 000

1,06

672 972,8

qattiq

2,5

557 500

87,9%

558 059,52

maxsus

2

446 000

70,3%

446 320,64

turma

1,5

334 500

52,7%

334 581,76

tarbiya koloniyalarida, ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, homilador ayollar va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bolalari boʻlgan ayollar

3,5

780 500

120%

761 856

Bunda mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishga doir xarajatlari quyidagicha hisoblanadi:

  • yangi kelgan mahkumlarga avans – MHEKMning 17,6%i, manzil-koloniyalarda – MHEKMning 35,2%i (tegishincha 111 738,88 va 223 477,76 soʻm);

  • umumiy tartibli koloniyalarda – MHEKMning 70,3%i (446 320,64 soʻm);

  • qattiq tartibli koloniyalarda – MHEKMning 52,7%i (334 581,76 soʻm);

  • turmalarda – MHEKMning 26,5%i (168 243,2 soʻm);

  • tarbiya koloniyalarida – MHEKMning 87,9%i (558 059,52 soʻm);

  • umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalar karserlariga oʻtkazishda – MHEKMning 26,5%i (168 243,2 soʻm);

  • umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlarga – MHEKMning 26,5%i (168 243,2 soʻm), jazoni odatdagi saqlash sharoitlarida oʻtayotganlarga – MHEKMning 35,2%i (223 477,76 soʻm), jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtayotganlarga – MHEKMning 52,7%i (334 581,76 soʻm).

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ