Retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi roʻyxati eʼlon qilindi
Ilgarigi roʻyxatga qaraganda yangi roʻyxat 49 ta pozitsiyaga qisqargan. Biroq, shifokor retseptisiz beriladigan monopreparatlarning umumiy soni 4 taga oshgan, kompleks preparatlar esa shu roʻyxatda 53 taga kamaygan.

Retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi roʻyxati eʼlon qilindi (roʻyxat raqami 3200, 6.12.2019 y.).
Ilgarigi roʻyxatga qaraganda yangi roʻyxat 49 ta pozitsiyaga qisqargan. Biroq, shifokor retseptisiz beriladigan monopreparatlarning umumiy soni 4 taga oshgan, kompleks preparatlar esa shu roʻyxatda 53 taga kamaygan.
Umumiy roʻyxatda boʻlmagan barcha dori vositalariga endi retsept talab etiladi. Bu shifokorning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish va uni qoʻllash usuli toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmasidir. Retseptning shakli Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Eslatib oʻtamiz, retseptsiz preparatlar roʻyxati har yili yangilanadi (yilda kamida 1 marta). Qoidaga koʻra, bu noyabr-dekabrda roʻy beradi. Masalan, 2016, 2017 va 2018 yilda ham shunday boʻlgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

