Qimmatli qogʻozlarni sotishning maxsus tartibi belgilandi
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan qimmatli qogʻozlar muomalasi maxsus tartibi belgilandi.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan qimmatli qogʻozlar muomalasi maxsus tartibi belgilandi (roʻyxat raqami 3199, 5.12.2019 yil).
Bundan buyon qimmatli qogʻozlar muomalasiga faqat ularni joylashtirish tugaganidan keyin yoʻl qoʻyiladi. Ushbu talab quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
davlat qimmatli qogʻozlariga – Oʻzbekistonning gʻaznachilik majburiyatlari va Hukumat tomonidan vakolat berilgan organ chiqargan obligatsiyalarga, shuningdek Markaziy bank obligatsiyalariga (ularni joylashtirish va muomalaga chiqarishning oʻz tartibi mavjud);
5 dekabrgacha, yaʼni buyruq chiqquniga qadar muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga.
Eslatib oʻtamiz, qimmatli qogʻozlarning muomalasi – qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qogʻozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar, joylashtirish esa – qimmatli qogʻozlarni ularning dastlabki egalariga berish. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish tartib-taomillari «Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi Qonunning 17-moddasi, Konvertatsiya qilinadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va muomalasi tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va muomalaga kiritish kvotalari tartibi toʻgʻrisida nizom va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Savdolar tashkilotchilari ikki haftalik muddatda oʻz hujjatlarini yangi tartibga muvofiqlashtirishi lozim.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

