| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi497 marta oʻqildi

Davlat xaridlari tizimi takomillashadi

«Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subʼyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Prezident qarori qabul qilindi.

Davlat xaridlari tizimi takomillashadi

«Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subʼyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Prezident qarori (PQ-4544-son, 05.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan ayrim xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatli korxonalar xaridlarni amalga oshirishdan oldin davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida eʼlon joylashtiradi.

Eʼlonda xarid komissiyasi tomonidan takliflarni qabul qilib olishning 15 kundan kam boʻlmagan soʻnggi muddati hamda qonunchilikda nazarda tutilgan axborot boʻlishi kerak.

Shuningdek, xarid komissiyasining bayoni u rasmiylashtirilgan kuni davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida 2 ish kuni muddatga jamoatchilik muhokamasiga joylashtiriladi.

2020 yil 1 apreldan boshlab byudjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi mablagʻlariga nisbatan Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochish orqali gʻazna ijrosi mexanizmi joriy etiladi.

Bundan tashqari, qaror bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning yangilangan roʻyxati tasdiqlandi.

Shuningdek, endilikda ushbu alohida tartib ustav fondida (kapitalida) strategik xaridorlarning ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlarga joriy etilmaydi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda, vazirlik (idora, muassasa) va uning tarkibidagi tashkilot (muassasa) oʻrtasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xarid qilinishida davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuziladi.

Hozirga qadar ushbu qoida faqat vazirlik (idora, muassasa)ning tarkibidagi tashkilotlar (muassasalar) oʻrtasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xarid qilinishiga taalluqli boʻlgan.

Shuningdek, endilikda xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan yuridik shaxslardan tovar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilinadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ