| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes3 daqiqada oʻqiladi427 marta oʻqildi

Qurilish sohasiga oid islohotlar

Prezidentimizning PQ-4525-sonli qarorida qurilish uchun ruxsatnomalar berish, elektr taʼminoti tizimiga ulanish, koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish, kredit berish hamda toʻlovga qobiliyatsizlikni hal etish yoʻnalishlaridagi islohotlarning amaliyotga tatbiq etilishi yetarli emasligi natijasida “Biznes yuritish” yillik hisoboti tegishli indikatorlari boʻyicha mamlakatning reytingdagi oʻrni pastligicha qolayotganligi qayd etib oʻtilgan.

Qurilish sohasiga oid islohotlar

Prezidentimizning PQ-4525-sonli qarorida qurilish uchun ruxsatnomalar berish, elektr taʼminoti tizimiga ulanish, koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish, kredit berish hamda toʻlovga qobiliyatsizlikni hal etish yoʻnalishlaridagi islohotlarning amaliyotga tatbiq etilishi yetarli emasligi natijasida “Biznes yuritish” yillik hisoboti tegishli indikatorlari boʻyicha mamlakatning reytingdagi oʻrni pastligicha qolayotganligi qayd etib oʻtilgan.

Darhaqiqat, soʻnggi yillarda barcha sohalar kabi, qurilish sohasida ham qator islohotlar amalga oshirilishiga qaramasdan, ularning mazmun-mohiyati joylardagi ijrochilarga hamda fuqarolar va tadbirkorlarga yetib bormayotganligi, qonun hujjatlarini amaliyotda notoʻgʻri qoʻllash natijasida Oʻzbekiston qurilish sohasida “Biznes yuritish” (“Doing Business-2020”) yillik hisobotida bor yoʻgʻi ikki pogʻonaga koʻtarila oldi (134-oʻrindan 132-oʻringa), holbuki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotga toʻliq va toʻgʻri tatbiq etilishi bilan ancha yaxshi koʻrsatkichlarga erishish mumkin edi.

Prezidentimiz 2020 yilda ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlarni jadallashtirish, bu boradagi maqsadli parametrlarni belgilash va taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda ham qurilish sohasida bugungi kunga qadar eski standart va meʼyorlar saqlanib qolayotganligi, yangi innovatsion yechimlar va loyihalar ustida ishlovchi mutaxassislar tayyorlashga umuman eʼtibor qaratilmayotganligi, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, qurilishga ruxsatnomalar berish va kelishish jarayonlari qogʻoz shaklida amalga oshirilayotganligi, mutasaddi tashkilotlarda oʻzaro elektron hamkorlik yoʻlga qoʻyilmaganligini tanqid ostiga olgan edi.

Shunga muvofiq, Prezidentimizning PQ-4525-son qarorida 2020 yilning 1 yanvariga qadar qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan xabarnoma yuborish tartibini bekor qilish (markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obʼyektlari bundan mustasno) hamda obʼyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyiha hujjatlari yuzasidan ijobiy ekspertiza xulosasi va qurilish ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotni davlat xizmatlari markazlari tomonidan bir vaqtda tadbirkorlik subʼyektlari va hududiy qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyalariga obʼyektni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuborishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritish vazifasi belgilanganligi bu sohada yanada keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi.

Mazkur topshiriqning toʻgʻri va sifatli, amaliyotdagi muammolarni hisobga olgan holda ijro etilishi qurilish sohasida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, mamlakatdagi biznes muhitini yaxshilash (bugungi kunda qurilish sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi koʻlami juda katta ahamiyatga ega), shuningdek respublikaning xalqaro reytinglardagi, shu jumladan “Doing Business” yillik hisobotidagi mavqeʼini yaxshilashga katta taʼsir koʻrsatadi.

Shunga muvofiq, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan qurilish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini yaxshilash va ruxsat berish tartib-tamoillarini soddalashtirish maqsadida quyidagilar taklif qilinadi:

– shaharsozlik normalari va qoidalarini zamonaviy texnologiya imkoniyatlaridan va xorijiy tajribadan kelib chiqib qayta koʻrib chiqish va qisqa fursatda tasdiqlash;

– qurilish maydonining topografik suratini tayyorlash, chegara belgilash va arxitektura rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish davlat xizmatlarini murojaatchilarning ixtiyoriga koʻra kompozit tartibda koʻrsatish tizimini joriy etish;

– keraksiz tartib taomillar (loyihalash topshirigʻini tasdiqlash, ishchi umumiy rejani tasdiqlash va h.z.)ni toʻliq yoʻqotish;

– loyiha-smeta hujjatlarini kelishish davlat xizmatining oʻrniga, tayyor loyiha-smeta hujjatlarini hamda ijobiy ekspertiza xulosalarini Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hududiy qurilish boshqarmasiga hamda qurilish sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalarga yuborish orqali qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsat berish tartibini joriy etish;

– loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish jarayonini optimallashtirib, ishchi loyiha va ekspertiza xulosalarini parallel ravishda bir vaqtning oʻzida vakolatli organlar bilan kelishish (talab etilganda) tartibotini amaliyotga tatbiq etish (qonunchilikda ekspertiza qilish muddati 15 kun qilib belgilangan boʻlsada, jarayonlar zanjirining uzilganligi, har bir biznes protsess ketma-ketlik asosida amalga oshirilganligi sababli xizmat koʻrsatish muddati 45 kundan 64 kungacha choʻzilishi mumkin);

– davlat tasarrufidagi ekspertiza tashkilotlari tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini ishlab chiqish;

– davlat xizmatlari koʻrsatish biznes jarayonini BPR texnologiyalaridan foydalangan holda optimallashtirish va “G2G” modelini (davlat idoralarining oʻzaro axborot almashinuvi) rivojlantirish.

Yuqoridagi chora-tadbirlarning amaliyotga tatbiq etilishi bilan qurilishga ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan soddalashtirishga, korrupsiogen va sansalorlik holatlarining oldi olinishiga, davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonlari (3 taga) va muddatlarining keskin qisqartirilishiga, eng muhimi “Doing Business” yillik hisobotida mamlakatning aynan qurilishga ruxsat berish indikatori boʻyicha birinchi 30 talik davlatlar qatoriga kirishiga erishiladi.

X.OChILOV, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi Manba: OʻzA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ