| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi390 marta oʻqildi

28 turdagi maʼlumotnomani talab etish taqiqlandi

“Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

28 turdagi maʼlumotnomani talab etish taqiqlandi

“Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4546-son, 09.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

  • hokimliklarning alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalariga oʻtkaziladi;

  • hokimliklarning bir qator funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanadi;

  • davlat organlari va tashkilotlari jami 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan esa ularning berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

  • Prezident va Hukumat hujjatlari bilan tuzilgan (roʻyxati mazkur qarorda keltirilgan) idoralararo kollegial organlarning ayrimlari vakolatlari tugatiladi.

Jumladan, qarorga muvofiq turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berish funksiyasi hokimliklardan tuman (shahar) qurilish boʻlimlariga oʻtkaziladi.

Shuningdek, hokimliklarning bozor faoliyatini toʻxtatib turish boʻyicha qaror qabul qilish kabi vakolatlari bekor qilinadi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron koʻrinishda amalga oshiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ