Mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirish uchun 25 soʻmgacha miqdorda maxsus yigʻim joriy etildi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9 dekabrdagi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish toʻgʻrisidagi farmoni bilan avtotransport vositalari egalari uchun ikki turdagi yigʻimni joriy etish koʻzda tutilmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9 dekabrdagi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish toʻgʻrisidagi farmoni bilan avtotransport vositalari egalari uchun ikki turdagi yigʻimni joriy etish koʻzda tutilmoqda.
Hujjat bilan Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirish uchun yoqilgʻi birligi uchun 25 soʻmgacha miqdorda maxsus yigʻim joriy etish huquqi berildi. Yigʻim avtomobilga yonilgʻi va gaz quyish stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gazni oxirgi isteʼmolchilarga realizatsiya qilishda olinadi.
Bundan tashqari, xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yigʻim joriy etish huquqi taqdim etildi.
Transport vositasiga egalik yigʻimi ushbu tuman yoki shaharning mintaqaviy yoʻllarini taʼmirlash va ekspluatatsiya ishlari uchun maqsadli foydalanishga yoʻnaltiriladi.
Farmonda mazkur yigʻimlar keng jamoatchilik muhokamalari asosida, muayyan maʼmuriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olgan holda kiritilishi bergilandi.
Qoʻshimcha ravishda, Qoraqalpgʻiston Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va poytaxt hokimiyatlariga yoʻl harakatini tartibga solish, mavjud yoʻl-transport infratuzilmasidan oqilona foydalanish, shuningdek, yoʻl harakati ishtirokchilari masʼuliyatini oshirish maqsadida avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun toʻlov belgilash huquqi berildi.
Joriy etilayotgan tartibga koʻra, ular transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻimning bazaviy stavkalari miqdorlarini, shuningdek, yigʻimning bazaviy stavkasiga transport vositasi dvigateli quvvatidan kelib chiqqan holda toifalanadigan qoʻshimcha koeffitsiyentlarni belgilash huquqiga ega.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

