| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi319 marta oʻqildi

Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga QQSdan yengilliklar belgilanmoqda

2019 yil 9 dekabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.

Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga QQSdan yengilliklar belgilanmoqda

2019 yil 9 dekabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.

Qonun loyihasi joriy yilning 26 noyabrida parlament quyi palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan. Unda siyosiy partiya fraksiyalari, deputatlik birlashmalari loyihani takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohaza bildirib, bir qator takliflarni ilgari surgan edi.

Qonun loyihasining mazmuni kengaytirildi. Endi uning matni 11 bob va 44 moddadan iborat. Asosiy tushunchalarga aniqliklar kiritildi.

Maxsus iqtisodiy zonalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida ular faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish masalasini har bir yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda nazarda tutish qonunning 6-moddasida belgilab qoʻyildi.

Qonun loyihasining dastlabki koʻrinishida qoʻshimcha qiymat soligʻi maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga tatbiq etilishi koʻzda tutilgan edi. Deputatlarning bildirgan eʼtirozlarini inobatga olgan holda, endilikda maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga qoʻshimcha qiymat soligʻidan yengilliklar belgilandi. Undan tashqari, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi. Bu, deputatlar fikriga koʻra, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomiga ega boʻlish tartibi va mazkur jarayonni amalga oshirish tartibi haqidagi norma alohida moddaga oʻtkazildi.

Qonun loyihasining dastlabki variantida maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish, uning faoliyat muddatlarini oʻzgartirish va muddatidan avval tugatish taklifini bildirish vakolati Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy hokimliklarga berilishi belgilangan edi. Deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida ushbu vakolatlar Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan ham amalga oshiriladigan boʻldi.

Shuningdek, qonun loyihasidan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasiga bagʻishlangan alohida modda chiqarilmoqda. Deputatlarning tushuntirishicha, bunga ushbu hudud uchun alohida yengilliklar, imtiyozlar belgilanmagani, u alohida xususiyatlarga ega emasligi sabab boʻldi.

“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi moddama-modda koʻrib chiqilganidan soʻng uni deputatlar ikkinchi oʻqishda maʼqulladilar.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ